thumb|Islom dinini ifodalovchi bayroq sifatida keng tarqalgan Tavhid bayrogʻi Islom bayrogʻi – Islom xalifaligi, diniy tartib, davlat, fuqarolik jamiyati, harbiy kuch yoki Islom bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tashkilotlarni ifodalovchi bayroq. Islom bayroqlari oʻziga xos tarixga ega boʻlib, turli ranglar, yozuvlar yoki belgilar (oy, yulduz kabi) bilan tasvirlanadi. Islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammad davridan boshlab, maʼlum bir bayroqlar anʼanaviy ravishda Islom dini bilan bogʻlangan. Shundan keyin xalifaliklar, zamonaviy davlatlar, konfessiyalar va diniy oqimlar oʻzlarining islom diniga eʼtiqod qilishlarini ifodalovchi bayroqlarni qabul qilganlar.
Tarixi
Islom dini ilk davrlarda Islom dini paydo boʻlishidan oldin, islomdan oldingi arab qabilalari va vizantiyaliklar tomonidan ramziy belgi vositasi sifatida turli bannerlardan foydalanilgan. Ilk musulmon armiyasi ham tabiiy ravishda bannerlarni xuddi shu maqsadda ishlatishgan. Ilk islom bayroqlarining dizayni anikonizmga oid diniy koʻrsatmalar tufayli ancha sodda koʻrinishda boʻlgan va ularni yaratishda birmuncha oddiy ranglardan foydalanilganFlag. Britannica. Retrieved February 15, 2019.. Islom dini anʼanalariga koʻra, Quraysh qabilasi bayroqlari qora va oq-qora ranglarda boʻlgan. Yana boshqa manbalarga koʻra, paygʻambar Muhammadning ham oq rangdagi „Yosh burgut“ nomli bayrogʻi (; ), shuningdek, turmush oʻrtogʻi Oyshaning bosh kiyimidan qilinganligi aytiladigan qora bayrogʻi boʻlgan. Nisbatan kattaroq boʻlgan ushbu oq bayroq „Burgut bayrogʻi“ (), shuningdek, „Qora bayroq“ () nomlari bilan tanilgan. Islom dini anʼanalariga koʻra, Muhammad oq bayroqdan musulmonlar armiyasining rahbari sifatida hamda musulmon davlatining ramziy belgisi sifatida foydalanganThe Islamic Imagery Project The Combating Terrorism Center Retrieved 27 May 2023. Bundan tashqari, taniqli arab harbiy qoʻmondoni Amr ibn al-OsNour, "L’Histoire du croissant, " p. 66/295. See also Ibn Khaldun, Muqaddimah, pp. 214–15. va isyonchi Xavorijiylarning ham qizil bayroqlari boʻlgan. Umuman olganda, ilk musulmon qoʻshinlarining bayroqlari turlicha koʻrinishda boʻlib, ularni yaratishda har xil ranglardan foydalanilgan.
Oʻrta asr Islom imperiyasi davrida eng yirik geografik hududda hukmronlik oʻrnatgan Damashq xalifaligi islom dini ramzi sifatida oʻzlariga oq bayroqlarni tanlashgan. Abu Muslim Harakati davrida abbosiylar masihiy arbob Mahdiyning kelishidan darak beruvchi „Sharqdan qora bayroqlar bilan kelayotgan xalq“, degan iboraga asoslangan holda, qora rangni oʻzlariga asos qilib olishganMuhammad b. Yazid b. Maja (d. 887), Sunan, ed. Muhammad Fu˘ad ˜Abd al-Baqi, 2 vols. (Cairo: Halabi, 1372/1952), vol. 2: 1366–67; ˜Ala al-Din ˜Ali b. Husam al-Din al-Muttaqi (1477–1567), Kanz al-˜ummål, 8 parts (Hyderabad: Da˘irat al-Ma˜arif, 1312/1894–95), part 3: 203; part 4: 38, 39, 45, 53. Alilar esa Abbosiylardan ajralib turish maqsadida oq rangni tanlaydilar, shuningdek, keyinchalik yashil bayroqlarni ham joriy etadilar. 817-yilda Abbosiylar xalifasi oʻz merosxoʻri sifatida Maʼmun Ali ar-Rizoni tayinlaganda sulola rangini qoradan yashilga oʻzgartirgan. Al-Maʼmun Alini oʻldirib, 819-yilda Bagʻdodga qaytganidan soʻng, xalifalik bayrogʻini yashildan yana qayta qoraga almashtirgan. Abbosiylar esa xalifalik rangi sifatida qora bayroqdan foydalanishda davom etadilar. Ularning xalifalik bayrogʻi oq ipakdan qilingan boʻlib, unga Qur’on yozuvlari tushirilgan boʻlgan. Keyinchalik Abbosiylarga qarama-qarshi ravishda ismoiliylarning Fotimiylar xalifaligi tomonidan oq rang qabul qilingan, bu esa oq va qora ranglarning sunniy va shia mazhablari bilan bogʻlanishini mustahkamlagan. Shuningdek, Almohadlar xalifaligi tomonidan ham aynan shu ranglardan foydalanilgan. Fotimiylar xalifaligi bayrogʻi qizil va sariq ranglarda boʻlib, ayrimlarida sher surati ham tushirilgan. Ilk musulmon hukmdorlar ramziy bayroq sifatida sulolaviy, diniy yoki shaxsiy xususiyatga ega boʻlgan timsollardan foydalanganliklari toʻgʻrisida esa aniq maʼlumotlar mavjud emas.
Oʻrta davrlarda thumb|Tomoshabinlar qoʻllarida yozuvli bayroqlar tutgan holda ot ustida marosimni tomosha qilishmoqda. Al-Vasitiy tomonidan XIII asrda yaratilgan qoʻlyozmadagi Basra al-Haririyning yettinchi maqomadan olingan rasm (BNF ms. arabe 5847). Fotimiylar xalifaligidan keyin Ayyubiylar va Mamluklar sariq rangdagi bayroqlardan foydalanish anʼanasini saqlab qolishadi. Ayyubiylar asoschisi Salohuddin al-Ayyubiy burgut rasmi tushirilgan sariq bayroqni koʻtarib yurgan. Mamluk sultoni bayroqlari ham sariq rangda boʻlgan, ayrim hollarda ular qizil rangli bayroqlardan ham foydalanganlar. Sharqdagi moʻgʻullar va turkiy sulolalar, jumladan, Hulokuiylar davlati, Oʻgʻuzlar va Saljuqiylar esa oq bayroqni afzal koʻrishgan. XIII asrda yashab ijod qilgan rassom Yahyo ibn Mahmud al-Vositiyning miniatyuralarida koʻrsatilganidek, oʻrta asrlarda turli yozuvlar tushirilgan diniy bayroqlardan foydalanishgan. XIV asrga oid Hayton of Corycus (1243) tomonidan yozilgan "Tatarlar tarixi" asarida mongollar ham, saljuqiylar ham turli harbiy yorliqlardan foydalanganliklari haqida maʼlumotlar berilgan.
Fotimiylar xalifaligidan keyin Ayyubiylar va Mamluklar sariq rangdagi bayroqlardan foydalanish anʼanasini saqlab qolishadi. Ayyubiylar asoschisi Salohuddin al-Ayyubiy burgut rasmi tushirilgan sariq bayroqni koʻtarib yurgan. Mamluk sultoni bayroqlari ham sariq rangda boʻlgan, biroq ayrim hollarda ular qizil rangli bayroqlardan ham foydalanganlar. Sharqdagi moʻgʻullar va turkiy sulolalar, jumladan, Hulokuiylar davlati, Oʻgʻuzlar va Saljuqiylar esa oq bayroqni afzal koʻrishgan. XIII asrda ijod qilgan rassom Yahyo ibn Mahmud al-Vositiyning miniatyuralarida koʻrsatilganidek, oʻrta asrlarda turli yozuvlar tushirilgan diniy bayroqlardan foydalanishgan. XIV asrga oid Hayton of Corycus (1243) tomonidan yozilgan „Tatarlar tarixi“ asarida mongollar ham, saljuqiylar ham turli harbiy yorliqlardan foydalanganliklari haqida maʼlumotlar berilgan.
1574-yildayoq Tunis Usmonlilar hukmronligi ostiga oʻtishidan ancha oldin, XIV asrda yarim oy ramzi Tunisga tegishli boʻlgan bayroqlarda tasvirlangani „Barcha qirolliklarni bilish kitobi“da aytilgan. Madriddagi Ispaniya dengiz floti muzeyida 1613-yilga oid ikkita Usmonli dengiz bayrogʻi saqlanadi. Har ikkala bayroqda ham qaldirgʻoch tasviri mavjud boʻlib, biroq birinchi bayroqda yashil rang, uning yonida oq yarim oy, ikkinchisida esa oq rangli bayroqning chetida ikkita qizil chiziq, yonida esa qizil yarim oy tasvirlanganNozomi Karyasu & António Martins, 8 October 2006 on Flags of the World..
Mamluklar oʻz hukmronligi davrida Ikki Muqaddas masjid xodimiga xizmat qilganlar. Bu vaqt mobaynida mamluklar asl yodgorlik hisoblanmish islom dini paygʻambari Muhammad bayrogʻini xoʻjayinlariga olib berishga muvaffaq boʻlishadi. Bayroq keyinchalik Usmonlilar tomonidan qaytarib olinadi, ular bayroqni „olijanob bayroq“ (Sancak-i Şerif) deb atashadi va harbiy yurishlarida aynan shu bayroqdan foydalanishadi. Usmonli tarixchisi Silahdar Findiklili Mehmed Ogʻaning soʻzlariga koʻra bayroqning qora jundan qilinganligidan boshqa maʼlumotlar mavjud emas.
Premodern davr
Usmonli imperiyasi Jangovor bayroqlar XVI asrda Usmonlilar imperiyasi tomonidan qoʻllanila boshlanadi va asta-sekin oʻzlarining anʼanaviy ramzlari hisoblanmish tugʻ yoki ot dumlarini aynan bayroqlarga almashtira boshlashadi. XVI—XVII asrlardagi jangovor bayroqlarda koʻpincha Ali, Zulfiqorning ikki qirrali qilichi tasvirlangan, biroq bu tasvirlar Gʻarb adabiyotida qaychi sifatida notoʻgʻri talqin qilinadie.g. Jaques Nicolas Bellin, Tableau des Pavillons de le nations que aborent à la mer (1756).. Salim I Yovuz (vafoti: 1520) foydalangan Zulfiqor bayrogʻi esa Topkapi saroyi koʻrgazmasida saqlanib kelinadi, shuningdek, saroyning turk bayroqlariga bagʻishlangan lavhasida ikkita Zulfiqor bayrogʻi ham tasvirlangan. Bernard Picartning „Cérémonies et coutumes religieuses de tous les peuples du monde“ (1737) kitobining 7-qismi aynan yangicharlar va sipohiylarga bagʻishlanadi.
1844-yilgi Tanzimot va Usmonlilar imperiyasining bayroqlari oʻsha davrdagi Yevropa qoʻshinlari uslubida qayta ishlangan. Usmonli dengiz floti bayrogʻi esa qizil rangga oʻzgartiriladi, chunki xalqaro tashkilotlarning ramziy bayroqlari qizil rangda, diniy tashkilotlarning bayroqlari esa yashil rangda boʻlishi kerak boʻlgan. Islohotlar natijasida barcha sultonliklar, posholiklar, beyliklar va amirliklar tugatilganligi sababli, ushbu tuzilmalar tomonidan qoʻllaniladigan barcha turdagi bayroqlarni yagona davlat bayrogʻi bilan almashtirish maqsadida yangi bayroq ishlab chiqiladi. Natijada zamonaviy turk bayrogʻining kashshofi boʻlgan yarim oy va yulduz tasvirlangan qizil va oq bayroq yaratiladi. Oddiy qizil bayroq barcha Usmonli fuqarolari uchun fuqarolik belgisi sifatida joriy etiladi.
Boburiylar davlati thumb|Oltin quyoshli yashil bayroq koʻtarib yurgan fil ustidagi bayroqdor Boburiylar davlatida bir qator imperator bayroqlari va ramzlari mavjud boʻlgan. Ularning asosiy imperatorlik ramzi alam (; ) hisoblangan. Ular dastlab yashil mox koʻrinishida boʻlib, sher va quyosh (; ) bayroq koʻtaruvchisiga qaragan holda tasvirlangan. Boburiylar davlati alamdan Amir Temur davridan boshlab foydalana boshlagan. Imperator bayrogʻi, asosan, taxtning oʻng tomonida, shuningdek, imperator qarorgohiga kiraverishda, harbiy yurishlar paytida esa imperatorning old tomonida hilpirab turgan.
Ayn-i-Akbariyning yozishicha, Akbar Jaloliddin Muhammad hukmronligi davrida imperator har safar ot minganda, beshtadan kam boʻlmagan alamlar hamda qur (bayroqlar va boshqa nishonlar toʻplami) qirmizi mato qoplarga oʻralgan holda olib yurilgan. Ulardan bayram kunlarida va janglarda foydalanilganBlochmann, H. (tr.) (1927, reprint 1993). The Ain-I Akbari by Abu’l-Fazl Allami, Vol. I, Calcutta: The Asiatic Society, p.52. Jahongir davrida yashagan Thomas Roe ruhoniysi Edward Terry oʻzining „Sharqiy Hindistonga sayohat“ (1655) asarida hukmdorlik bayrogʻining shoyidan tayyorlanganligini, unda quyoshning bir qismiga soya solib turuvchi choʻkkalagan arslon tasviri tushirilganligini, shuningdek, imperator har safar biror joyga sayohat uyushtirganda, filga mingan holda ushbu bayroqni koʻtarib yurganligini yozadiFoster, William (ed.) (1921) Early Travels in India, 1583–1619, London: Oxford University Press, p. 306.
Fors imperiyalari Safaviylar hukmronligining (1501–1736) dastlabki ikki podshohi davrida, har xil alam va bayroqlardan foydalanilgan. Birinchi Safaviy shohi Shoh Ismoil Safaviy oltin toʻlin oy tasvirlangan yashil bayroqdan foydalangan boʻlsa, 1524-yilda Tahmosb I ushbu ramziy bayroqni qoʻy va quyosh timsoli tushirilgan boshqa bir ramziy bayroqqa almashtirgan. Ushbu bayroqdan 1576-yilgacha foydalanilgan boʻlib, aynan shu yili Ismoil II oltin bilan tasvirlangan ilk „Arslon va quyosh“ timsolini qabul qilgan. Ismoil II tomonidan joriy etilgan bu ramziy bayroqdan Safaviylar davrining oxiriga qadar foydalanilgan. Oʻsha davrda arslon va quyosh jamiyatning ikki ustuni: davlat va islom dinini bildirgan.
Afshorlar sulolasida (1736–1796) ikkita qirollik bayrogʻi ikki xil koʻrinishda boʻlgan: birinchi bayroq – qizil, oq, koʻk rangli, ikkinchisi – qizil, koʻk, oq va sariq chiziqli. Hukmdor Nodirshoh ham oʻz shaxsiy bayrogʻiga ega boʻlgan. Bayroq sariq rangda boʻlib, hoshiyasi qizil, markaziga sher va quyosh tasviri tushirilgan. Ushbu uchala bayroq ham uchburchak shaklida boʻlgan. Nodirshoh davlat ramzi hisoblanmish bu bayroqda yashil rangdan foydalanishdan qochgan, chunki yashil rang shialik va Safaviylar sulolasi bilan bogʻliq boʻlgan.
Zamonaviy tarix
Mahdiyya bayroqlari thumb|Sudandagi Mahdiy harakati bayrogʻi, XIX asr oxiri