Aleksandar Stoimirović (; 1982-yil 11-dekabr) – serbiyalik sobiq professional futbolchi. Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida faoliyat olib borgan sobiq murabbiy.

Faoliyati Yugoslaviyaning Kragujevac shahrida tugʻilgan Stoimirovich oʻz faoliyatini Radnički Obrenovac jamoasida boshlagan. 2004-yilning yozida Xayduk Kula jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Xayduk jamoasi ikki yil faoliyat olib borganidan soʻng, 2006-yilning noyabrida Ukrainaning „Vorskla“ klubi bilan imzolagan. Bir yarim yildan soʻng Vorsklani tark etgan va 2008-yilning iyul oyida Chernomorets klubi bilan shartnoma imzolaganChernomores Burgas 2008/2009 – Eufo.de. Aleksandar 2009-yil 8-oktyabrda „Shalke 04“ jamoasining sinov mashgʻulotlariga qoʻshilgan va ikkita oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etgan.

Keyinchalik Stoimirović Serbiya Superligasida FK Chukarichki va FK Borac Chachak jamoasida, Ruminiya va Vengriya oliy ligalarida, Petrolul Ployeshti va Pechsi Mechsek FC jamoalari safida oʻynaganAleksandar Stojimirović at Soccerway. 2013-yilning yozida Serbiyaga qaytib kelgan va oʻzining tugʻilgan oʻsgan shahri, FK Radnički 1923 klubi tarkibida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy sifatida oʻqigan va FK Radnichki, FK Gruza, FK Lokomotiv Serbiya, FK Sloga jamoalarida faoliyat yuritgan. 2021-yilda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etgan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida Ilhom Moʻminjonovga jismoniy tayyorgarlik boʻyichia murabbiy sifatida yordam bergan. Bir yillik faoliyati davomida „Neftchi“ jamoasi bilan Pro liga gʻolibligini qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasining boshqa bir jamoasi, Namanganning „Navbahor“ klubida bosh murabbiy Samvel Babayanga jismoniy tayyorgarlik boʻyicha yordamchi sifatida faoliyat olib borgan.

2023-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasida Mirjalol Qosimovga yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2024-yildan Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bosh murabbiyi. Yanvar oyida klubda Stoimirović Pro litsenziyasi boʻlmaganligi sababli katta murabbiy lavozimiga tayinlangan. 2024-yil 23-mayda Lokomotiv jamoasini tark etgan.

Manbalar

Havolalar

Aleksandar Stoimirović at RomanianSoccer.ro (in Romanian)

Aleksandar Stoimirović Srbijafudbal saytida Aleksandar Stoimirović Srbijafudbal saytida Aleksandar Stoimirović Stats Utakmica.rs saytida Aleksandar Stoimirović Transfermarkt saytida

Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar

Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari Turkum:Neftchi klubiga aloqador shaxslar