Mixail Chernoy (, , 1952-yil 16-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbek, asli isroillik tadbirkor va sanoatchi. U 1990-yillarda Rossiyadagi alyuminiy sanoatidagi muhim roli va Isroildagi biznes tashabbuslari bilan tanilgan. Shuningdek, Mixail Chernoy jamgʻarmasining asoschisi va The Intelligence Summit homiysi„Kenneth Timmermanʼs Iranian 'Democracy' and the 'Intelligenceʼ Summit“ , Ron Jacobs, 1 February 2006 (Monthly Review Zine website).

Hayoti Chernoy 1952-yil 16-yanvarda Toshkent shahrida, yahudiy oilasida tugʻilgan. Otasi buxgalter (hisobchi) va muhandis boʻlib, uch oʻgʻilning toʻngʻichi. U oʻn toʻrt yoshida ishlay boshlaydi. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Sovet Armiyasiga chaqiriladi va texnikumga oʻqishga kirgan. Keyinchalik u sportning boks va futbol turlari bilan shugʻullanib, sport maʼmuriyatiga ishga kiradi. 

1990-yillarning boshida Isroilga koʻchib kelgan, lekin Bolgariya bilan yaqin aloqada boʻladi. U yerda yetakchi gazeta, top futbol jamoasi va Bolgariyaning yagona mobil telefon kompaniyasi Mobiltelni sotib olgan. 2000-yilning avgust oyida Bolgariya hukumati uning chet ellik jinoiy reketlar bilan aloqasi borligini qoralaydi. Soʻng, 10 yil davomida Bolgariyaga qaytib kela olmasligini aytib, uni Bolgariyadan chiqarib yuborishgan.

Bundan tashqari, Floridadagi Sankt-Peterburg Tayms gazetasida aytilishiga koʻra, Qoʻshma Shtatlar „1999-yildan beri Cherneyga rus mafiyasi bilan aloqasi borligi sababli viza bermadi“.

Chernoy 2010-yilning avgust oyida Isroilning Ikkinchi kanali Isroilda qisqa koʻrsatuvni namoyish etgan. Koʻrsatuv oʻsha vaqtgacha boʻlgan eng qimmat va dabdabali toʻy marosimi haqida 20 million ILS (taxminan 5 million AQSh dollari) ga tushgan edi. Dasturdagi kelin Chernoyning qizi ekanligi, toʻy oʻzi tomonidan toʻlangani maʼlum boʻladi. Shuningdek, unda Isroil vazirlari va asli rossiyalik parlament (Knesset) deputatlari ham qatnashganiThe most expensive wedding in Israel (Hebrew, TV Channel 2 Israel account on YouTube).

Shaxsiy hayoti Chernoy ishbilarmon ayol Nikol Raydman bilan 2019-yilda unashtirilgunga qadar munosabatda boʻlgan. Lekin, ular oʻsha yilning oxirida ajrashgan. Ularning Mishel (2010-yilda tugʻilgan) va Richard (2014-yilda tugʻilgan) ismli ikkita farzandi bor. Ular Gerzliyada yashaydi.

U Moskvadagi uyida Vladimir Putinning amakivachchasi Igor Putin va Rossiyaning bosh ravvini Berel Lazar bilan birga edi.

Manbalar

Havolalar Michael Cherney / Mikhail Chernoy veb-sayti

Turkum:Oʻzbekiston yahudiylari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik tadbirkorlar Turkum:1952-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar