Dmitriy Alekseyevich Poznanskiy (1904-yil, Toshkent – 1943-yil 28-fevral, Ukraina SSR, Xarkov viloyati Chuguyevskiy tumani Bazaliivka, SSSR) – sovet kinorejissyor, Odessa kinostudiyasi direktori (1940–1941).

Biografiyasi Dmitriy Poznanskiy 1927-yilda Davlat kinematografiya kollejining (DKK) rejissyorlik fakultetini tamomlagan. 1929-yilda Aleksandr Strijak bilan birgalikda suratga olingan „Yeyo put“ filmida debyut qildi.

Dmitriyning navbatdagi „Nenujnaya vrajda“ (1930) filmi ekranga yuzini koʻrmadi ham, saqlanmadi hamMargolit Ye., Shmirov V. Izʼyatoe kino. M., 1995, s. 14..

1931-yilda „Zabit nelzya“ filmini suratga oldi. Dmitriy „Mejrabpomfilm“ kinofabrikasida direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borganKinovedcheskie zapiski. – Moskva, 2008. – № 86, s. 92..

Dmitriy Alekseyevich 1934-yilda Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti Poznanskiyni Tojikiston SSRga rahbarlik qilishga yubordi. 1934-yil apreldan 1935-yil iyulgacha Tojikiston SSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Kino va fotosanoat boshqarmasi boshligʻiXabur V. P. Kak molodi mi bili… / Jizn v kino: Veterani o sebe i svoix tovariщax: sbornik. Vip. 3-y / Soyuz kinematografistov SSSR. Komissiya veteranov; sost. O. T. Nesterovich. – M. : Iskusstvo, 1986, s. 299. hamda „Tojikkino“da direktor boʻlib ishlagan.

KPT Markaziy Komiteti Byurosining 1935-yil 13-iyuldagi qarori bilan Dmitriy Alekseyevich „ishning barbod boʻlishiga yoʻl qoʻygani, apparatni sinfiy yot elementlar bilan toʻsib qoʻygani, davlat mablagʻlarini isrof qilgani, ishda qarindosh-urugʻchilikka yoʻl qoʻygani uchun“ lavozimidan chetlashtirilgan.

Rejissyor Dmitriy 1936-yilda Yuriy Vasilchikov bilan birgalikda „Ay-Gul“ filmini suratga olgan.

1938-yilda uning Albert Gandelshteyn bilan birgalikda „Poyezd idyot v Moskvu“ filmi chiqdi. Dmitriy 1939-yilda mustaqil ravishda „Vozdushnaya pochta“ filmini suratga oldi.

Dmitriy 1940–1941-yillarda Odessa kinostudiyasining direktori boʻlgan.

Oilasi Dmitriyning rafiqasi Polina Yevseyevna Poznanskaya rejissyor yordamchisi boʻlib ishlagan. Oʻgʻli Vladimir Dmitriyevich Poznanskiy (1932-yilda tugʻilgan) fuqaro aviatsiyasi navigatori va jurnalist boʻlgan. Kichkina oʻgʻli Aleksey Dmitriyevich Poznanskiy (1939–1999) rejissyor va nabirasi Dimitriy Alekseyevich Poznanskiy (1974–2010) ruhoniy boʻlgan.

Manbalar

Turkum:1943-yilda vafot etganlar Turkum:28-fevralda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1904-yilda tugʻilganlar