Sofiya Ahmedovna Vohidova – Xalq maorifi aʼlochisi, tarix fanlari doktori (1984), professor.
Tarjimayi holi Sofiya Vohidova 1937-yilda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tavallud topgan. 1961-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetining jurnalistika boʻlimini tamomlagan.
Olima ish faoliyatini Andijon davlat pedagogika instituti (hozirgi Andijon davlat universiteti)dan boshlaydi. 1979-yildan 1993-yilgacha mazkur institutda kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan, 1980—1985-yillarda Andijon shahar Kengashiga deputat boʻlgan.
Ilmiy faoliyati Olima „Oʻzbekiston kolxozchi-dehqonlari madaniy texnika saviyasining oʻsishi (Andijon viloyati misolida)“ mavzusidagi nomzodlik, „Oʻzbekiston kolxozchi-dehqonlarni madaniy va kasb-hunar saviyasini oshirish (1959—1975-yillar)“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Sofiya Vohidova oʻz ilmiy tadqiqotlarida qishloq infratuzilmasini oʻzgartirish muammolarini, qishloq aholisining, ayniqsa, yoshlarnimg madaniylik darajasini, kasb-hunar egallashdagi saviyasini koʻtarish, turmush tarzini, urf-odatlarini zamonaviy hayot bilan bogʻlash kabi dolzarb muammolarni koʻtarib chiqqan. Oʻz faoliyati davrida vazirlik, viloyat hokimligi, oʻzi faoliyat koʻrsatgan oliy taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan bir necha bor ragʻbatlantirilgan.
Profesor Sofiya Vohidovaning ilmiy yoʻnalishi bir qancha sohalarni qamrab olgan. Oʻzbekiston kolxozchi-dehqonlarni madaniy va kasb-hunar hayot faoliyatini oʻrgangan, siyosatshunoslik asoslari yoʻnalishida faoliyat koʻrsatgan.
Asarlari Professor Sofiya Vohidova quyidagi ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlarni chop ettirgan: Oʻzbekiston kolxozchi-dehqonlari madaniy va professional texnika saviyasining oʻsishi (1959–1970-yillar). – Toshkent: Fan, 1975. Qishloq mehnatkashlari madaniyati va mehnat malakasini oshirish masalalari. – Toshkent: Fan, 1977. Oʻzbekiston qishloq mehnatkashlari madaniyati va professional texnika saviyasining oʻsishi, 1966—1970-yillar. Toshkent: Fan, 1986.
Manbalar
Turkum:Oʻzbek tarixchilari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Tarix fanlari doktorlari Turkum:Oʻzbekiston professorlari