Matfey Fedorovich Tyugay yoki Du Gvan Mu, Tyu Gvan Mu, Metyu Chu (1908-yil 15-sentabr, Primor oʻlkasi, Spasskiy tumani, Lukyanovka qishlogʻi, 1990-yillar boshi, Toshkent) – Shimoliy Koreya harbiy qoʻmondoni, general-leytenant, KXDR Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, KXDR Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi. Koreya urushi davrida Seul shahri harbiy komendanti.
Hayoti 1908-yilda (boshqa maʼlumotlarga koʻra – 1907-yilda) Primorsk oʻlkasi, Lukyanovka qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Maktabni tugatgach, mexanizatsiya kurslariga oʻqishga kiradi, shundan soʻng mahalliy kolxozda traktorchi boʻlib ishladi. Keyinchalik iqtisodiy rejalashtirish mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻldi. Uzoq Sharq oʻlkasining Chernigov viloyatining rejalashtirish komissiyasida tergovchi boʻlib ishlagan. 1937-yilda Oʻzbekiston SSRga surgun qilingan. Toshkent transport institutida, keyinroq Moskva temir yoʻl transporti institutida tahsil olgan. 1941-yilda KPSS(b) safiga kirdi. 1947-yilda Toshkent partiya maktabini tugatganGerman Kim, Po zadaniyu partii i zovu serdsa. Tyugay Matvey Fedorovich.
1947-yilda KXDR davlat tuzilmalarini tashkil qilish uchun „37-guruh“ deb nomlangan jamoa tarkibida Shimoliy Koreyaga yuborilgan. KXDR fuqaroligini olgan. 1947-yil oktabrdan 1948-yil avgustigacha – KXDR Ichki ishlar vazirligining maʼmuriy boʻlim boshligʻi oʻrinbosari va jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajargan. 1948-yil avgustdan 1950-yil iyulgacha – Xvanxae va Kyongi provinsiyalari Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasi boshligʻiGerman Kim, Po zadaniyu partii i zovu serdsa. Tyugay Matvey Fedorovich.
Koreya urushida qatnashgan. 1950-yil iyun oyida Xitoy qoʻshinlari Seulni egallab olgach, shaharga harbiy komendant etib tayinlanganLi Don Xva, "Matfey Fyodorovich bil voennim komendantom Seula", jurnal „Yedinstvo“, № 1/43, yanvar 2004. 1951-yil mart oyidan – KXDR Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatida turli lavozimlarda ishlagan. U KXDR Ichki ishlar vazirligi vaziri oʻrinbosari, KXDR Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi German Kim, Po zadaniyu partii i zovu serdsa. Tyugay Matvey Fedorovich boʻlgan.
1961-yilda SSSRga qaytdi. Toshkentda yashagan. 1990-yillarning boshida vafot etgan. Toshkentda dafn etilgan.
Mukofotlar
2 va 3-darajali Davlat bayrogʻi ordeni Qizil Bayroq ordeni 2-darajali Vatan urushi ordeni „1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali
Manbalar
Turkum:Toshkentda dafn etilganlar Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1908-yilda tugʻilganlar Turkum:15-sentyabrda tugʻilganlar