Oʻtkir Siddiqov (1945-yil, Toshkent – 20.11.2023) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, suxandon.
Biografiyasi Siddiqov Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati instituti (Hozirgi Toshkent sanʼat instituti) ning drama va kino aktyorligi yoʻnalishi boʻyicha tahsil ogan. 1968-yildan „Shodlik“ ashula va raqs ansamblida faoliyat koʻrsata boshlagan. Boshlovchi oʻlaroq 8 mingga yaqin tadbir va konsertlarda qatnashgan. 250 martadan ortiq turli mamlakat va shaharlardagi gastrol safarlarida boshlovchi boʻlgan. Zamonaviy oʻzbek estradasida konferansyelik sanʼatining rivojlanishiga Siddiqov katta hissa qoʻshib kelganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning konsertlariga boshlovchilik qilgan. Shuningdek Avaz Oxunning 2023-yilgacha 10 yildan buyon taqdim etib kelinayotgan har bir konsertida boshlovchi boʻlgan.
Mukofotlari
1996-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoniga sazovor boʻlgan. 2017-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Vafoti Siddiqov Avaz Oxunning 2023-yilgi konsertining ikkinchi kunida, 14-noyabrda sahnada koʻrinish bermadi. Oradan 4 kun oʻtib, 2023-yilning 20-noyabrida vafot etdi.
Manbalar
Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari
Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:20-noyabrda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar