Sallama Ummu Abdulloh () Abbosiylar sulolasining asosiy ajdodi. Muhammad al-Imomning rafiqasi hamda Abbosiylar davlatiga Mansur nomi bilan xalifa boʻlgan Abdullohning onasi.
Sallama Muhammad ibn Alining xotini edi. Magʻriblik. Muhammadga 713/14-yilda turmushga chiqqan. Abbosiylarning ajdodi. Barcha Abbosiy xalifalar Sallamaning avlodlari, faqatgina as-Saffoh oʻgay oʻgʻli boʻlgan. Muhammadning qonuniy xotinimi yoki oddiy kanizagimi, bu bahsli masala. As-Suyutiyning Xalifalar tarixi kitobiga koʻra, Mansur hijriy 95—158-yillarda (milodiy 714—775-yil 6-oktyabr) yashaganAl-Souyouti, Tarikh Al-Kholafa'a (The History of Caliphs). Abdulloh 714-yilda (hijriy 95) Hijozdan hijrat qilingandan keyin Humaymadagi (hozirgi Iordaniya) Abbosiylar xonadonida dunyoga kelgan. Mansurning onasi berber qul ekani haqida maʼlumotlar mavjud. Sallama, ehtimol Umaviylarning Magʻribni zabt etishi paytida asirga olinib, keyinchalik Muhammad egalik qilgan boʻlishi mumkin.
Eri, Muhammad ibn Ali ibn AbdullohKhallikân (Ibn), II, 593, quotes Al-Tabari, "Tarikh". Ali ibn Abdulloh ibn Abbosning oʻgʻli, Abbos ibn Abdulmuttalibning katta nabirasi va Islom payg‘ambari Muhammadning amakisi edi. U Iordaniyadagi Humayma hududida tugʻilgan. Dastlabki ikki Abbosiy xalifa: as-Saffoh va Mansurlarning otasi boʻlib, Abbosiylar sulolasining bevosita ajdodi ediHitti, "History of the Arabs", p.289.Khallikan (Ibn), "Wafayât al A'yân wa-Anbâ' Abnâ' al-Zamân", II, 592-4.Nadim (al-), ed, Dodge, B., "Al-Fihrist," pp. 222, 378, 1051..
Sallam 740-yillarda, erining vafotidan qisqa vaqt oʻtib, vafot etgan.
Avlodlari
thumb|center|Abbosiylar oilasiga mansub shajara daraxti. Yashil rangda Bagʻdodda xalifalik qilganlar koʻrsatilgan. Sariq rangda Qohira xalifalari koʻrsatilgan. Muhammad Abbosiylarning u bilan qarindoshligini koʻrsatish uchun (yuqorida) kiritilgan.|732x732px
Yana qarang Banu Hoshim
Manbalar
Adabiyotlar Masʼudiy. The Meadows of Gold, The Abbasids. transl. Paul Lunde and Caroline Stone, Kegan Paul, London and New York, 1989. Suyutiy. History of the Caliphs.
Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:8-asrda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr ayollari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:Umaviylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:Abbosiy xalifalarning onalari