Ichki ishlar xalq komissarligi (, ), qisqartmasi NKVD ( ) Sovet Ittifoqining ichki ishlar vazirligi edi.
1917-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasining NKVDsi sifatida tashkil etilgan agentlikka dastlab muntazam ravishda politsiya faoliyatini olib borish, mamlakat qamoqxonalari va mehnat lagerlarini nazorat qilish vazifasi yuklangan edi. Tashkilot 1930-yilda tarqatib yuborildi. Funksiyalari boshqa idoralar orasida taqsimlandi. 1934-yilda Butunittifoq komissarligi sifatida qayta tashkil etildi.
OGPU (maxfiy politsiya tashkiloti) funksiyalari taxminan 1930-yilda NKVDga oʻtkazildi. Bu unga Ikkinchi Jahon urushi oxirigacha davom etgan huquqni muhofaza qilish faoliyati ustidan monopol huquqni berdi. Bu davrda NKVD ham jamoat tartibini saqlash, ham maxfiy politsiya faoliyatini oʻz ichiga olgan. NKVD siyosiy qatagʻondagi roli va Iosif Stalin davridagi „Katta tozalash“ni amalga oshirgani bilan mashhur. Bu davrda tashkilotni Genrix Yagoda, Nikolay Yejov va Lavrentiy Beriya boshqarganYevgenia Albats, KGB: The State Within a State. 1995, page 101Robert Gellately. Lenin, Stalin, and Hitler: The Age of Social Catastrophe. Knopf, 2007 p. 460Catherine Merridale. Night of Stone: Death and Memory in Twentieth-Century Russia. Penguin Books, 2002 p. 200.
NKVD fuqarolarni sudsiz ommaviy qatl qildi, Gulag majburiy mehnat lagerlari tizimini yaratdi, u yerga mahbuslarni joylashtirdi va boshqardi. Tashkilot agentlari badavlat dehqonlarni qatagʻon qilishga javobgar edi. Sovet chegaralarini himoya qilish va josuslik (siyosiy qotilliklarni oʻz ichiga olgan) ham tashkilot nazorati ostida edi.
1946-yil mart oyida barcha Xalq komissarliklari vazirliklar deb oʻzgartirildi. NKVD Ichki ishlar vazirligiga (MVD) aylandi.
Tarixi va tuzilmasi
Manbalar