Aleksandr Pavlovich Maksimov (1857-yil 20-fevral – 1917-yil 20-fevral) – rus arxitektori, qurilish muhandisi. Sankt-Peterburg, Vladimir, Novgorod, Penza, Toshkent va boshqa shaharlardagi qurilish loyihalari muallifi. Sankt-Peterburg qurilish ustalari maktabida (1881–1884), qurilish muhandislari institutida (1884-yildan) va texnologik institutda (1900-yildan) oʻqituvchi.

Hayoti Boshlangʻich taʼlimni xususiy Keller gimnaziyasida, ikkinchi Sankt-Peterburg gimnaziyasida va 6-klassik gimnaziyada olgan. 1873-yilda Sankt-Peterburg qurilish maktabiga oʻqishga kirdi. 1879-yilda Sankt-Peterburg qurilish maktabini 10-sinfini tugatgan. Xuddi shu yili u Ichki ishlar vazirligiga xizmat qilish uchun qabul qilingan. 1881–1884-yillarda V.A.Shröterning yordamchisi boʻlib ishlagan.

Shahar okrugi meʼmori (1888-yildan), shahar hokimiyati katta meʼmori boʻlgan. Sankt-Peterburg qurilish ustalari maktabida (1881–1884), qurilish muhandislari institutida (1884-yildan) va texnologik institutda (1900-yildan) oʻqituvchilik qilgan. Sankt-Peterburg meʼmorlar jamiyatining haqiqiy aʼzosi (1882-yildan) va kotibi (1884–1890) boʻlgan. Xalq taʼlimi boʻlimi meʼmori boʻlgan (1903–1909). Vladimir, Novgorod, Penza, Toshkent va boshqa shaharlarda qurilish loyihalari muallifi hisoblanadi. 1892-yildan boshlab Sankt-Peterburgdagi bir qator binolarni rekonstruksiya qilishda, 1900-yillarda esa kasalxonalar va turar-joy binolarini qurishda ishtirok etgan. Toshkentda amalga oshirgan mashhur loyihalaridan biri Toshkent real bilim yurti loyihasi hisoblanadi (Vilgelm Geynselman bilan hammualliflikda).

1897-yilda xizmat stajiga koʻra u davlat maslahatchisi lavozimiga koʻtarilgan.

1917-yil 20-fevralda (5-mart) vafot etgan.

Oilasi E.I.Maksimova bilan birinchi turmushida uning ikki oʻgʻli bor edi: Sovet botaniki Nikolay va arxitektor Aleksandr. A.P.Duxanina bilan ikkinchi nikohidagi oʻgʻillaridan biri Vladimir (1892–1942) ham meʼmor boʻlgan.

Loyihalari

Penza Penza chizmachilik maktabi (1892–1897, K.A.Savitskiy ishtirokida); Penza real maktabi (1900–1904).

Sankt-Peterburg N.K.Vadbolskaya saroyi (1888); Efron bosmaxonasi binosi (rekonstruksiya; 1890); Politsiya arxivi binosi (rekonstruksiya; 1890); E.I.Brusova saroyi (qayta qurish; 1894); Aleksandr bogʻidagi M.Lermontov va N.V.Gogol haykali (1896, haykaltarosh V.P.Kreytan); Texnologik institut binolari (asosiy binoni rekonstruksiya qilish va kengaytirish, kimyo laboratoriyasini qurish; L. P. Shishko bilan birgalikda; 1897–1899); Nobel assambleyasi binosini rekonstruksiya qilish (1899–1900); Qurilish muhandislari instituti binosi (kengaytirish; 1899—1900); 2-Rojdestvenskaya ayollar gimnaziyasi va Mariinskiy maktabi binosi (1899—1901); Turar-joy uyi (1901—1902); Tenishevskiy maktabi binosi (qisman ichki rekonstruksiya; 1903); N.N.Shebeko saroyi (1909); Temir yoʻl muhandislari instituti binosi (1914–1915).

Boshqa joylar I.S.Maltsova nomidagi Zemstvo kasb-hunar maktabi. (meʼmor M.N.Chichagov va muhandis D.K.Sovetkin bilan birgalikda; 1885); Yekaterinoslavlda ingliz klubi binosi uchun tanlov loyihasi (2-oʻrin, 1890); Yekaterinoslavldagi bank binosi uchun tanlov loyihasi (2-oʻrin, 1891); Irkutskdagi teatr binosi uchun tanlov loyihasi (3-oʻrin, 1893); Poltava viloyati zemstvo hukumati binosi (1895); Poltava kasb-hunar maktabining tanlov loyihasi (3-oʻrin, 1895); Toshkent real bilim yurti (V.S.Geyselman bilan birgalikda, 1896); Novgorod real maktabi (1902); Tula real maktabi (1908);

Galereya

Adabiyotlar

Manbalar

Havolalar Максимов А. П. // Citywalls.

Turkum:Arxitektorlar