Tarixiy Panbari masjidi yoki Rangamati masjidi Hindiston shimoli-sharqidagi mashhur masjid boʻlib, Hindistonning Assam shtatidagi eng qadimiy masjid hisoblanadi. Masjid 17-sonli milliy avtomagistralda, Panbari va Rangamati yaqinida, Dhubri shahridan taxminan 25 km sharqda joylashgan. XV-XVI asrlarda qurilgan uch gumbazli masjid Bengal sultonligining buyuk meʼmoriy yutuqlarining ajoyib namunasidir.

Qurilishi left|thumb| Panbari masjidi, Assam Masjid Bengal sultoni Alauddin Husaynshoh tomonidan 1498-yilda Kamataning zabt etilish gʻalabasini nishonlash maqsadida bunyod etilgan deb hisoblaniladi. Biroq, masjid tarixining aniq tafsilotlari noaniq va qurilishning taxminiy sanasi milodiy 1493 va 1519-yillar oraligʻiga toʻgʻri keladi. Boshqa tomondan, masjid qurilishini 1662-yilda Assamga bostirib kirishi chogʻida Bengaliyaning Boburiylar sulolasi gubernatori Mir Jumla II ga bogʻlovchi kamroq tarqalgan nazariya ham mavjud. Majmua ichidagi hayitgoh va chuqur quduq masjid bilan bir vaqtda qurilgan deb hisoblaniladi. Keyinchalik keng asfaltlangan hovli va minora qurilgan.

Aytishlaricha, keyinchalik masjid qalin oʻrmon bilan oʻralgan va foydalanishga topshirilgan. 1928-yilda qishloq aholisidan bir kishi oʻtin terib ketayotganda Rangamati tepaliklarida bir nechta minoralarni koʻrib qoladi. Keyin bu xabar Dakkaning Navabi hududiga qadar yetib boradi, hatto bu masalani tekshirish uchun maxsus guruh yuboriladi va ular binoning mavjudligini tasdiqlashadi.

Tavsifi thumb| Panbari masjidining ichki koʻrinishi Koch hukmdorlari davrida Rangamati hududi juda obod joy boʻlgan. Bu Koch hukmdorlarining chegara posti hisoblangan. Bengal sultonlari va Boburiylarning bosqinchi armiyasi Rangamati qal’asidan ham foydalangan. Bu hudud, baʼzilarning fikricha, Alauddin Husaynshohning qarorgohi ham boʻlgan. Masjid esa musulmon askarlari tomonidan namozxona sifatida foydalanilganRangamati Mosque, INDIA the pristine beauty.

Taxminan 200 yil oldin bu joyning mahalliy aholisi masjid binosini „Panbari Pahar“ da qalin barglar ostidan topib olgani aytiladi. Ular bu yerni tozalab, u yerda namoz oʻqishga kirishadilar. Bugungi kunda „Panbari Pahar“ muqaddas joy sifatida tanilgan va masjid Gʻarbiy Assam xalqi uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi. Togʻlarning goʻzalligi oʻzining boy florasi, noyob joylashuvi va arxeologik ahamiyati bu masjidni Hindistonning muhim sayyohlik joyiga aylanishini taʼminlaydi. Soʻnggi paytlarda masjid yaqinida gʻishtdan yasalgan plintlar, terakotadan tayyorlangan qadimiy buyumlar va xazinasida turfa tangalar bo‘lgan shaharcha topilgan boʻlib, ular taxminan Boburiylar sulolasi davriga tegishli ekanligi aniqlangan. Masjid ichida bir vaqtning oʻzida 150 nafarga yaqin inson namoz oʻqiy oladi.

Boshqaruv thumb| Panbari masjidi gumbazlari Masjid imomi va boshqa xodimlarni tayinlaydigan mahalliy organ, Panbari masjidi boshqaruv qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadi. Imomlik, imom namozini oʻqish kabi turli diniy xizmatlar ayni tayinlangan shaxs tomonidan bajariladi. Masjidning xarajatlari har xil xayr-ehsonlar hisobidan qoplaniladi. Masjid Gʻarbiy Assam jamiyati orasida alohida oʻrin tutganligi sababli, odamlar dini, tabaqasi va eʼtiqodidan qatʼiy nazar, turli xayriyalarni amalga oshiradilar.

Bayramlar Iyd ul-Fitr va Iyd ul-Adha kabi har yili oʻtkaziladigan islom bayramlari davomida bu masjid oʻzgacha koʻrinishga ega boʻladi. Masjidga mamlakatning turli hududlaridan minglab odamlar tashrif buyurishadi. Bu yerga nafaqat Hindistondan, balki Angliya va Yaponiyadan ham musulmonlar kelishadi. Odatda masjidda boshqa doimiy oʻqiladigan namozlardan tashqari haftalik juma kuning peshin Juma namoziga ham yuzlab odamlar yigʻiladi.

Transport qatnovi Masjid 17-sonli milliy avtomagistralda joylashganligi sababli, Guvahati, Dhubri va Kuch Bexardan muntazam ravishda avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi – Fakiragram (30 kilometr) va eng yaqin aeroport – Rupsi aeroporti (21 kilometr) hisoblanadi. Masjid Brahmaputradan (8 kilometr) ham uncha uzoq boʻlmagan hududda joylashgan.

Hukumat eʼtibori Hindiston Madaniyat vazirligi arxeologik tadqiqoti ushbu hududning yodgorliklarini saqlab qolish uchun bir qator choralar koʻrgan. Biroq mahalliy aholi hukumatning qilayotgan ishlaridan mamnun emas va masjidga koʻproq e’tibor berilishini talab qilmoqda.

Manbalar

Havolalar

Dhubri tumani profili https://web.archive.org/web/20120208111140/http://www.indiainfoweb.com/assam/panbari/ ISLOM OVOZI, 2000-yil. Assam hukumati, rasmiy veb-sayti  Choudhuri, RD; ASSAM ARXITEKTURASI MEROSI – MUHAFAQAT QILISH EHTiyoji, Milliy muzey, Nyu-Dehli. Hindiston arxeologik tadqiqoti, Madaniyat vazirligi. Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Dhubri Turkum:Assamdagi masjidlar Turkum:Bengal Sultonligi masjidlari