Ispancha uyat (shuningdek, empatik uyat, yashirin uyat, bilvosita uyat va boshqalar) boshqa odamning uyatli harakatlarini kuzatishdan uyalish hissi. Oddiy sharmandalikdan farqli oʻlaroq, biror bir noqulay hodisaning aynan ishtirokchisi boʻlmasdan, balki oʻzini boshqa odam duch kelgan noqulay vaziyatning guvohi yaʼni tinglovchisi yoki tomoshabini sifatida ishtirok etish bilan yuzaga keladigan hissiyot. Ushbu his-tuygʻularni ijtimoiy deb qabul qilish ham mumkin. Bundan tashqari, bir qator mutaxassislarning fikrlariga koʻra, ular maʼlum bir ijtimoiy va madaniy jihatdan maqbul xatti-harakatlarga rioya qilish uchun motivatsiya sifatida qaralishi mumkin.

Ispancha uyalish koʻpincha boshqa odamning baxtsizligi, xoʻrlanishi yoki sharmandaligidan zavqlanish yoki qoniqish hissi hisoblangan Schadenfreudening teskarisi sifatida qaraladi.

Ushbu sharmandalik hissiy yuqumli kasallikdan farq qilib, bunda odam ongsiz ravishda boshqalar boshdan kechirgan his-tuygʻularga taqlid qiladi. Hissiy yuqumli kasallik ikkala shaxs tomonidan ham boshdan kechiriladi. Ushbu holat koʻpincha noxush hodisani boshdan kechirgan odam oqibatlarini bilmasa ham sodir boʻlaveradi. Harakatni emotsional yuqumli deb tan olish uchun his-tuygʻu bir nechta ishtirokchilarga taʼsir doirasini oʻtkazishi lozim. Bundan tashqari, bilvosita sharmandalik kuzatuvchi butunlay izolyatsiya qilinganida ham paydo boʻlishi mumkin.

Terminning kelib chiqishi Bugungi kunda bu atamaning kelib chiqishi boʻyicha yagona izoh yoʻq. Manbalarga koʻra, u ispan tilida (, „boshqalar uchun uyat“). Biroq, shunga oʻxshash analoglar faqatgina ispanchada emas, balki boshqa tillarda ham mavjud: masalan, nemis (, „begona uchun uyat“) va Fin (Fin myötähäpeä). Ingliz tilida bu atamani tushuntirish uchun „cringe“ atamasi ishlatiladi. Ehtimol, bu atama ispan madaniyatida birinchi boʻlib paydo boʻlgan, shuning uchun u koʻproq soʻzlashuv uslubida ushbu nomga loyiq topilgan.

Psixologik asos

Empatiya Ispancha uyalish hissi empatiya (hamdardlik) bilan chambarchas bogʻliq – boshqa odamning his-tuygʻularini boshdan kechirish qobiliyati, bu fidoyilikni, ijtimoiy xulq-atvorni va guruh hissiyotlarini ragʻbatlantiradigan kuchli tuygʻu hisoblanadi, hamdardlik hissining yetishmasligi esa asosan antisotsial xatti-harakatlar bilan bogʻliq. Noqulay vaziyatlarda tashqaridan kuzatadigan inson har bir tuygʻuni oʻz zimmasiga olish orqali sharmandalik qurboniga hamdardlik bildiradi. Hamdardlik hissi yuqori boʻlgan insonlar bilvosita sharmandalikka koʻproq moyil boʻladilar. Tuygʻularni tan olish qobiliyati, ehtimol, tugʻma boʻlishi ham mumkin, chunki unga ongsiz ravishda erishish mumkin. Biroq, uni oʻrgatish va boshqa odamlarning his-tuygʻularini turli darajadagi jadallik yoki aniqlik bilan tanib olishga erishish ham mumkin.

Madaniy ahamiyati Sharmandali vaziyatlar koʻp holatlarda ijtimoiy vaziyatlarda baʼzi talablarga javob bermaslik natijasida yuzaga keladi va madaniy jihatdan maqbul deb hisoblangan va nima boʻlmaganini tushunishga va oʻrganishga yordam berish uchun ishlatiladi. Sharmanda boʻlgan jabrlanuvchini madaniy qarama-qarshiliklarga asoslangan izolyatsiya qilingan yaʼni ajratib qoʻyilgan boʻlsa, bilvosita noqulaylik jabrlanuvchi shaxs va kuzatuvchi odam oʻrtasidagi xulq-atvorni ragʻbatlantirish uchun ishlatiladi.

Yana qarang

Qiyinchilik Noqulaylik Schadenfreude

Manbalar

Turkum:Hissiyotlar Turkum:Atamalar Turkum:Ispan madaniyati Turkum:Ispan atamalari