Robert Uilyam Kyorns (1927-yil 10-mart– 2005-yil 9-fevral) amerikalik mexanik muhandis, oʻqituvchi va ixtirochi boʻlib, 1969-yildan hozirgi kungacha koʻpgina avtomobillarda qoʻllangan eng keng tarqalgan oynaartkichlarni ixtiro qilgan. 1964-yil 1-dekabrda yangicha oynaartkichga patent oldi.

Kyorns Ford Motor Company (1978-1990) va Chrysler Corporation (1982-1992) ga qarshi eng mashhur mualliflik huquqi buzilishiga oid kurashlardan biri boʻlib tarixga kirgan . Yengil yomgʻir yoki tumanda foydali boʻlgan intervalgacha oynani tozalash mexanizmini ixtiro qilgan va patentlagan, u texnologiyani litsenziyalashda " Katta uchlik " avtomobil ishlab chiqaruvchilarini (General Motors, Ford va Chrysler) qiziqtirishga harakat qildi. Biroq barcha takliflariga rad javobini oladi, lekin 1969-yildan Fordning Mercury avtomobillarida Kyorns ixtiro qilgan oynaartkichlar bilan chiqa boshladi.

Daʼvolari Ford Motor kompaniyasiga qarshi daʼvosi 1978-yilda ochilgan va 1990-yilda tugagan. Kyorns $395 million dollar tovon talab qildi. U 1990-yilda $30 million dollarlik kelishuv taklifini rad etdi va uni hakamlar hay’atiga topshirdi va unga $5,2 million dollar tovon puli berildi; Ford boshqa sud jarayoniga duch kelmasligi uchun $10,2 million dollar toʻlashga rozi boʻldi.

Kyorns asosan Chryslerga qarshi 1982-yilda boshlangan sudda oʻziga oʻzi advokat sifatida ishtirok etdi, hatto tribunada guvohlarni soʻroq qildi. Chryslerga qarshi daʼvo 1992-yilda Kyorns foydasiga hal qilingan. Chrysler Kyonsga foizlar bilan $18,7 million AQSh dollari toʻlashi kerak ediAssociated Press, Robert Kearns, 77, Inventor of Intermittent Wipers, Dies, New York Times obituary, February 26, 2005. via Associated Press.. Chrysler sud qaroriga apellyatsiya berdi, ammo Federal tuman hukmni oʻz kuchida qoldirdiKearns v. Chrysler Corp., 32 °F.3d 1541 (Fed. Cir. 1994).. Oliy sud ishni koʻrib chiqishdan bosh tortdi514 U. S. 1032.. 1995-yilga kelib, yuridik toʻlovlar uchun $10 million AQSh dollaridan ortiq sarflaganidan soʻng, Kyorns Chrysler patentining buzilishi uchun taxminan $30 million AQSh dollari miqdorida tovon oldi.

Manbalar

Turkum:Mualliflik huquqi