Muhammadali Gʻiyosov (; 30-avgust 2002-yil, Buxoro, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi. Futbolchilik faoliyati Muhammadali faoliyatini 2019-yilda „Buxoro“ jamoasida boshlagan. 2020-yilgi mavsumda ilk bor asosiy tarkibda debyut qilgan. 2021-yilgi mavsumda Toshkentda yangi tashkil etilgan, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining bazasi hisoblangan „Olimpik“ jamoasiga ikki yilga ijaraga berilgan. Ikki yil davomida „Olimpik“ jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va 2023-yilgi mavsumda Buxoro jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach, Olimpik jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2023-yilgi mavsumda Muhammadali oʻyin sifatida pasayish sababli yozgi transfer oynasida Navoiyning „Qizilqum“ jamoasiga ijaraga berilgan. „Qizilqum“ jamoasi tarkibida 13 ta oʻyinda 9 ta gol muallifi boʻlgan. 2024-yilgi mavsumda Navoiy jamoasi tarkibida barcha musoboqalarda 25ta oʻyinda maydonga tushgan va 13 ta gol muallifi boʻlgan.

2024-yilgi mavsum yakunida Navoiy jamoasini tark etgan va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati

Yutuqlar

Oʻzbekiston Pro ligasi uchinchi oʻrin: 2021

Manbalar

Havolalar

Muhammadali Gʻiyosov Transfermarkt saytida futbolchi profili Muhammadali Gʻiyosov Soccerway saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Buxorolik sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Olimpik jamoasi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari