Javohir Yangiboy oʻgʻli Qahramonov (; 21-mart 1996-yil, Termiz) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati Javohir Termiz futboli tarbiyalanuvchisi va birinchi murabbiyi Ravshan Doʻrmonov boʻlgan. Professional futboldagi ilk saboqalarini „Bunyodkor akademiyasi“dan olgan. „Bunyodkor-2“ jamoasida Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etgan.
2016-yilgi mavsumda „Bunyodkor“ klubi tarkibidagi raqobat kuchliligi sababli Toshkentning boshqa bir jamoasi „Obod“ klubiga ijaraga berilgan. Javohir Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini 2016-yil 5-mayda Toshkentnning „Obod“ klubi tarkibida „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Bir mavsum davomida „Obod“ jamoasi safida Superligada 18 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2017-yilgi mavsumni Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibida boshlagan. Samarqand jamoasida yarim mavsum davomida oʻynagach, ikkinchi davra oldidan „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Buxoro klubida dastlabki golini 2016-yil 12-avgust kuni „Nasaf“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi va yakunda „Buxoro“ klubi gʻalaba qozongan. Buxoro klubi tarkibida bir yarim mavsum davomida oʻynagan va jamoaning asosiy futbolchilaridan birga aylangan. 2019-yilgi oʻzining „Bunyodkor“ jamoasiga qaytgan va klubning Oʻzbekiston Superligasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2020-yilgi mavsum „Buxoro“ klubida Javohirga ustozlik qilgan Ulugʻbek Baqoyev uni Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga taklif etgan. Jizzax klubi bilan shartnoma imzolagan Javohir, „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan 2021-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishida katta hissa qoʻshdi va 2022-yilgi mavsumda AFC Kubogida ishtirok etib xalqaro klublar futbolida debyut qildi. AFC kubogida 5 ta oʻyinda qatnashib 2 ta gol urgan.
2023-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibiga oʻtayotgani haqida OAVlarda xabar qilingan. 2023-yil 22-dekabrda „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2021 Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2019
Manbalar
Havolalar
Javohir Qahramonov Transfermarkt saytida futbolchi profili Javohir Qahramonov Soccerway saytida futbolchi profili Javohir Qahramonov Teams saytida futbolchi profili
Turkum:21-martda tugʻilganlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Termizda tugʻilganlar Turkum:Surxondaryo viloyati kishilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor-2 klubi futbolchilari Turkum:Obod klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar