Sulton Abdulsamad masjidi ( yoki KLIA masjidi – Malayziyaning Selangor shtati Sepang tumanidagi Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti (KLIA) yaqinida joylashgan masjid. Bino dastlab KLIA masjidi nomi bilan tanilgan va rasman selangorlik Almarhum Sulton Sir Abdulsamad nomi bilan atalgan. Shuningdek, bino KLIAga tahrif buyurgan va u yerdan ketayotgan sayyohlar uchun xalqaro masjid vazifasini ham bajargan. Masjid Salak Tinggi va KLIA shahar markazidagi musulmonlar uchun jamoat masjidi hisoblanadi.
Tarixi Masjid KLIA operatori Malaysia Airports Holdings Berhad kompaniyasi tomonidan qurilgan. 1998-yil 27-iyunda KLIA ochilgandan keyin, 1997-yilda masjidning qurilish ishlari boshlanib, 1999-yilda yakunlangan. Inshoot 2000-yilning 12-avgustida oʻsha paytdagi Selangor sultoni Tengku Idrisshoh (hozirgi Sulton Sharafuddin Idrisshoh) tomonidan rasman ochib berilgan.
Arxitekturasi Sulton Abdulsamad masjidi Yaqin Sharq va mahalliy malay meʼmorchilik uslublarining uygʻunlashuvidan iborat.
Manbalar Turkum:Malayziyadagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar