Oybek Ravshan oʻgʻli Rustamov (, 2-aprel 1997-yil, Uchkoʻprik tumani) – Oʻzbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Qarshining Nasaf klubi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati Oybek Qoʻqon 1912 klubi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi — Samandar Meliboyev. Futbolchilik faoliyatini 2016-yilda 19 yoshida „Qoʻqon 1912“ jamoasi safida boshlagan. 2021-yilgi mavsumda Xorij klublaridan tushgan bir necha takliflariga qaramay, Qoʻqon 1912 klubi bilan shartnomasi uzaytirgan. 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida eng koʻp sariq kartochka olgan futbolchiga aylandi. Qoʻqon jamoasi tarkibida 7 mavsum davomida oʻynaganidan soʻng, 2022-yilgi mavsum yakunida AGMK klubi bilan shartnoma imzolagan. Olmaliq jamoasi dastlabki mavsumidayoq jamoaning asosiy futbolchilaridan birga aylandi va Osiyo chempionlar ligasida debyut qildi va 7 ta oʻyinda ishtirol etgan. Mavsum yakunida OKMK jamoasi bilan Oʻzbekiston Kubogi finaligacha yetib bordi. Finalda OKMK Qarshining Nasaf klubiga magʻlub boʻlgan. 2026-yilgi mavsum boshida Nasaf klubiga oʻtdi. Tomonlar oʻrtasidagi amaldagi shartnoma 2028-yil 31-dekabrgacha moʻljallangan.
Terma jamoadagi faoliyati 2016-yil murabbiy Jasur Abduraimov Oybekni Oʻzbekiston U-19 terma jamoasiga chaqirgan. 2018-yilda Xitoyda oʻtgan AFC U-23 Osiyo Kubogi musoboqasida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Ravshan Haydarov murabbiyligida chempion boʻlgan.
Yutuqlari
AFC U-23 Osiyo kubogi chempioni: 2018 Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2023
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari