Chibil boʻlis − (1870-yil Andijon uezdi, Bagʻish boʻlisligi —surgunda vafot etgan) Rossiya imperiyasiga qarshilik harakatlarida faol ishtirok etgan qirgʻiz xalqining qahramoni. Chibil Bagʻish boʻlisligiga boʻlis boʻlib turgan vaqtida mahalliy aholi manfaatlariga qaratilgan koʻplab tadbirlarni amalga oshirgan. Rossiya hukumatining mahalliy xalqqa nisbatan zoʻravonliklariga, ayniqsa qirgʻizlarning unumdor va sugʻoriladigan yerlarini tortib olish siyosatidan norozi boʻlganТарыхый инсандар Chibil boʻlis 1890-yillarning oʻrtalarida ruslarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarish gʻoyasi bilan chiqdi. Andijon qoʻzgʻoloni 1890–1897 yillarda Rossiya ichki guberniyalaridan koʻchib kelgan va yaxshi yerlarni egallab olgan rus mujiklari bilan qirgʻizlar oʻrtasida keskin toʻqnashuvlar avj oladi. 1897-yil oxirida Ketmontepa, Koʻgart vodiysidagi mingdan oshiq qirgʻizlar yaqinda vafot etgan bir boyning uyida toʻplanishadi. Ularning rahbarlari–volost boshqaruvchisi Chibil boʻlis qozi noibi mulla Rahmatilla mujiklar ustiga hujum rejasini ishlab chiqishadiКыргызско-Андижанскому восстанию 115 летAndijon tarixidan lavhalar “SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT–2013Чыйбыл болуш жана көтөрүлүштүн Көк-Арт очогу.
Vafoti Chibil boʻlis oʻzi bilan surgunga hukm qilinganlar bilan birgalikda Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi temir yoʻl tunnelida ishlayotganida ogʻir hastalikka duchor boʻladi. 1907−1908 yillarda kuydirgidan aziyat chekib vafot etib, uning jasadini vatandoshlari oʻsha yerdagi oʻrmon ichiga koʻmib qoʻyishgan“Saltanatni titratgan kunlar” Toshkent 1998-yil Sayfiddin Jalilov. Oilasi Chibil boʻlisning rafiqasidan Toʻrageldi, Alpomish, Joʻrabek ismli oʻgʻillari, yana bir rafiqasidan Irisqul, Tabildi ismli oʻgʻli va Qutbiya ismli qizi boʻlgan. Toʻrageldi Andijon qoʻzgʻaloni istirokchisi boʻlgani sababli surgun qilingan. Boshqa manbalarda esa 1916-yildgi qoʻzgʻalonda ishtirok etgani uchun surgunga hukm qilingan.
Manbalar
Turkum:Qirgʻiziston tarixi Turkum:Oʻzbekiston tarixi