Sattorov Ilhom Rahimjanovich – Namangan viloyatining Chortoq tumani hokimi.

Bolaligi

Ilhom Sattorov 1985-yilda Chortoq tumanida tug‘ilgan.

Taʼlimi

Ilhom Sattorov 2008-yilda Namangan muhandislik pedagogika instituti, 2020-yilda prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

2008-yilda Namangan viloyati moliya boshqarmasiga ishga kiradi va 2014-yilga qadar turli lavozimlarda ishlagan. 2014-yildan Chortoq tumani moliya bo‘limi mudiri, 2016-yildan esa Namangan viloyati moliya boshqarmasi daromadlarni prognozlashtirish va tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi.

2017-yildan 2023-yilgacha Uychi tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Innovatsion rivojlanish vazirligi Namangan viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.

Chortoq tumaniga hokimlik vazifasiga tayinlagunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bilim va innovatsiyalar markazi direktori o‘rinbosari - respublika tijoratlashtirish va maslahat xizmatlari majmuasi rahbari vazifasida ishlagan.

2023-yil 28-dekabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumaniga hokim etib tayinlangan.

Yana qarang Anvar Otaxoʻjayev

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston maʼmuriy birliklari hokimlari