Yaponiyadagi zilzila () – 2024-yil 1-yanvar kuni Yaponiyaning Ishikava prefekturasida sodir boʻlgan 7,5 magnitudali zilzila. Zilzila natijasida 202 kishi halok bo'ldi, 323 kishi bedarak yo'qoldi va 660 kishi turli tan jarohati oldi. Koʻplab binolar vayron boʻldi. Tsunami havfi eʼlon qilindi.
Tarixi
thumb|270px|Xarita
2024-yil 1-yanvar dushanba kuni Yaponiyaning gʻarbiy sohillarida sodir boʻlgan bir qator kuchli zilzilalar sodir boʻldi. Zilzila natijasida uylarga zarar yetgan va tsunami xavfi eʼlon qilindi. Yaponiya Meterologiya agentligi (JMA) Yaponiyaning Xonsyu oroli gʻarbiy tomonidagi Noto mintaqasida mahalliy vaqt bilan soat 16:06 da 5,7 magnitudali silkinishdan boshlangan jami 20 ga yaqin zilzilalar sodir boʻlgani haqids xabar berdi.
Shundan soʻng atigi toʻrt daqiqadan soʻng 7,6 magnitudali kuchli zilzila, keyin soat 16:18 da 6,1 magnitudali silkinish, 16:23 da 4,5 magnitudali, 16:29 da 4,6 magnitudali va 16:32 da 4,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi.
Taxminan toʻrt fut balandlikdagi birinchi tsunami toʻlqinlari zilzilalar sodir boʻlganidan taxminan bir soat oʻtgach, Ishikava prefekturasining Vajima portiga kelib urilgan va Ishikavada yana 16 futgacha boʻlgan tsunami haqida ogohlantirishlar eʼlon qilingan.
Talofatlar
Yangi yil kuni yuz bergan tabiiy ofat Ishikava prefekturasida kamida 168 kishining hayotiga zomin boʻlgan, yana 660 dan ortiq odam jarohatlangan va 323 nafar odam bddarsk yo'qolgan. Yetti qavatli bino yon tomoniga qulab tushgan. Suzu shahridagi ibodatxona butunlay vayron boʻlgan. Qishloqlarda uylar vayron boʻlgan, tashlab ketilgan mashinalar yoʻldagi ulkan yoriqlarga botib qolgan.
Katta qidiruv-qutqaruv operatsiyasi seshanba kuni erta tongda davom etdi, Yaponiya Bosh vaziri zilzila epitsentri yaqinidagi Ishikava prefekturasida qutqaruv ishlari „yoʻllar buzilganligi sababli oʻta qiyin“ boʻlganini aytdi. Ushbu hududdan oʻtuvchi asosiy magistral butunlay yopilgan.
Dushanba kuni kechqurun Ishikava prefekturasining markaziy Vajima shahrida zilziladan keyin yongʻin sodir boʻlgan. Mahalliy oʻt oʻchirish xizmatining maʼlum qilishicha, yongʻin shahar markazidagi mashhur Asaichi koʻchasi atrofida yuzdan ortiq binolarni qamrab olgan. Ushbu binolarning aksariyati yogʻochdan yasalgan savdo rastalari va doʻkonlar boʻlgan. Vajima shahri ushbu zilziladan eng koʻp zarar koʻrgan shaharlardan biri boʻldi. Bu yerdagi silkinishlarning davomiyligi Yaponiya shkalasi boʻyicha 6+ ga teng boʻlgan.
Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri Keizo Takemi Noto yarim orolida yuz bergan zilzila munosabati bilan vazirlikning tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha shtabi yigʻilish oʻtkazdi. Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, soat 2 va 5 da Ishikava, Toyama va Nigata prefekturalaridagi 19 ta tibbiyot muassasasida elektr va suv tizimlarida uzilishlari sodir boʻlgan.
6-yanvar sanasida Ishikava perefekturasidagi 14 ta shahar va posyolkalarda yashovchi 66 ming xonadon elektr tokisiz qoldi. Vajima shahrida 59 kishi, Suzu shahrida 23 kishi, Anamidzu shahrida 8 kishi, Nanao shahrida 5 kishi, Siga va Noto shaharlarida 2 tadan kishi Xakui shahrida bir nafar odam halok boʻlgan. Siga shahrida 5 yoshlik bola halok boʻlgan. Ishikavada 365 dan ortiq uy qisman yoki toʻliq vayron bo‘lgan, 66 ming xonadon suvsiz qolgan, 31 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. 4-yanvar kuni qutqaruvchilar vayronalar ostida 72 soatdan ortiq vaqt o‘tkazgan keksa ayolni, 6-yanvar kuni esa zilziladan 124 soat o‘tib 90 yoshli ayolni olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Aftershoklar +Seysmik intensivligi „Shindo“ 5 va undan yuqori boʻlgan zilzilalar roʻyxatiVaqt (YSV)EpitsentrMagnituda (AQShGX)Intensivlik (Shindo)CuqurlikManba1-yanvar 202416:18:425+1-yanvar 202416:56:485+ (AQSHGX) (YMA)1-yanvar 202417:22:115-1-yanvar 202418:03:495- (AQSHGX) (YMA)1-yanvar 202418:08:175-1-yanvar 202418:40:005-1-yanvar 202420:35:325-2-yanvar 202410:17:315- (AQSHMX) (YMA)2-yanvar 202417:13:415+3-yanvar 202402:21:475+3-yanvar 202410:54:345+6-yanvar 202405:26:515+6-yanvar 202423:20:236- +Sanasiga koʻra aftershoklar soniSana(YSV) Noto hududi Noto Sado Ishikava prefekturasi gʻarbiy qigʻogʻi Jami Muntazam1-yanvar 404 176 67 3 650 6502-yanvar 1,091 584 250 22 1,947 2,5973-yanvar 862 429 234 35 1,560 4,1574-yanvar 699 325 159 16 1,199 5,3565-yanvar 496 234 108 16 854 6,2106-yanvar 444 185 114 20 763 6,973
Hamdardlik
Shimoliy Koreya raxbari Kim Chen-In Yaponiy bosh vaziriga hamdardlik telegrammasi yoʻlladi.
Yana qarang
Manbalar
Turkum:Yaponiyadagi zilzilalar