Ulugʻbek Abdusalomov – jamoat arbobi, muharrir, tarixchi va tarjimon. Jalolobod viloyatidagi Alisher Navoiy nomli oʻzbek milliy-madaniy markazining sobiq vitse-prezidenti va 1990—1995-yillar mobaynida Jalolobod viloyati Kengashining deputati, qonunchilik komissiyasining raisi boʻlgan jamoat arbobi. Abdusalomov Qirgʻizistondagi oʻzbeklar liderlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan shaxslardan biri.

Hayoti va taʼlimi Ulugʻbek Abdusalomov 1951-yil 1-avgust kuni Bozorqoʻrgʻon tumani, Arslonbob qishlogʻida tugʻilgan. 1973-yilda Andijon davlat pedagogika instituti tarix-filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Mehnat faoliyati Ulugʻbek Abdusalomov dastlab 1973—1977-yillarda Bozorqoʻrgʻon rayonidagi Kirov nomli 5-son oʻrta maktabda oʻqituvchilik qilgan. Shundan soʻng:

1978—1979-yillar Bozorqoʻrgʻon rayonidagi Kirov nomli 5-son oʻrta maktabning oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari;

1979—1981-yillarda Oʻsh viloyati Bozorqoʻrgʻon rayonidagi Kirov oʻrmon xoʻjaligi kasaba uyushmasi komitetining raisi; 1981—1982 va 1990—1991-yillarda Oʻsh viloyati Bozorqoʻrgʻon rayonidagi Kirov qishloq Soveti ijroiya komitetining raisi; 1982—1983-yillarda Qirgʻiziston Kompartiyasi Bozorqoʻrgʻon raykomi tashkiliy komitetining instruktori; 1983—1990-yillarda Qirgʻiziston Kompartiyasi Bozorqoʻrgʻon raykomi Kirov oʻrmon xoʻjaligi partiya komitetining sekretari; 1992-yilda Jalolobod viloyatidagi Alisher Navoiy nomli oʻzbek milliy-madaniy markazining vitse-prezidenti; 1990—1995-yillarda Jalolobod viloyati Kengashining deputati, qonunchilik komissiyasining raisi; 1992—1996 yillarda Jalolobod viloyati Bozorqoʻrgʻon rayonidagi Kirov oʻrmon xoʻjaligi direktorining oʻrinbosari; 1996—1997–yillarda Jalolobod viloyati Bozorqoʻrgʻon rayonidagi Arslonbob qishloq hukumatining boshligʻi; 1997—1998–yillarda Jalolobod viloyati Bozorqoʻrgʻon rayonidagi Kirov oʻrmon xoʻjaligi direktorining oʻrinbosari; 1998—2002–yillarda Jaloloboddagi „Intershak“ ishlab chiqarish, transport kompaniyasining bosh mutaxassisi; 2007-yildan 2010-yilning 10-iyunigacha „Diydor“ ommaviy-maʼrifiy gazetasining bosh muharriri; 2005-yildan 2009-yilgacha –Bozorqoʻrgʻon rayon Kengashining deputati; 1974-yildan po 2009-yilgacha Arslonbob qishloq Kengashining deputati; 2010-yildan boshlab Qirgʻiziston Respublikasi Konstitutsiyaviy Kengash aʼzosi.

Asar va tarjimalari Ulugʻbek Abdusalomovning „Biz kimmiz?“, „Erkinlik dovoni“ va „Arslonbob tarixi“ kabi kitoblari nashr etilgan. 2022—2023-yillarda Qirgʻiziston Xalq yozuvchisi Tugalboy Sidiqbekovning „Kөk asaba“ romanini, Chingiz Aymatovning 30 ga yaqin publitsistik maqolalarini, Baydilda Sarnogoevning sheʼrlarini oʻzbekchaga oʻgirgan.

Ayblovlari 2010-yil 12 va 15-may kunlari Qirgʻizistondagi etnik oʻzbeklar oʻtkazgan namoyishlarga aloqadorligi sababli hibsga olingan. Xalqaro Amnistiya tashkilotining Markaziy Osiyo boʻyicha tahlilchisi Maysi Veysherding bu holatga quyidagicha fikr bildirgan: Shuningdek, Oʻzbekistondagi koʻplab ziyolilar ham Abdusalomovni ozod etilishini soʻrab chiqishgan. 2010-yil 22-sentyabr kuni boʻlib oʻtishi belgilangan sud Ulugʻbek Abdusalomovning yurak xurujidan ahvoli yomonlashgani sababli qoldirilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Qirgʻizistonlik oʻzbeklar Turkum:Qirgʻizistonlik faollar Turkum:Qirgʻizistonlik jurnalistlar Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:1-avgustda tugʻilganlar