Yangi hayot jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan. Masjid binosi 1956-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1998-yil 7-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 1250 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 1975, 2000 va 2013-yillarda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Sirdaryo tumani Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar