Dihya bin Xalifa al-Kalbiyدِحْيَة ٱبْن خَلِيفَة ٱلْكَلْبِيّDihya Kalbiyga bagʻishlab qurilgan Nabi Dohiy ziyoratgohi Dihya ibn Xalifa al-Kalbiy (; Dihya Kalbiy), baʼzi manbalarda Dahyah deb yoziladi – Islom paygʻambari Muhammadning xabarini Rim imperatori Herakleiosga yetkazgan elchi.
Muhammadning ayoli Oyshaning soʻzlariga koʻra, Muhammad Jabroilni ikki marotaba „yaratilgan qiyofada“ va boshqa paytlarda uning ajoyib shogirdi Dihya ibn Xalifa al-Kalbiyga oʻxshash odam qiyofasida koʻrgan.
Abu Usmondan "Sahihi Buxoriy"da Muhammadning rafiqasi Ummu Salama guvoh boʻlgan voqea haqida ikkita shunga oʻxshash rivoyat keltiriladi.
Zayd ibn Horisa (Hisma) gʻazoti Zayd ibn Horisa (Hisma) gʻazoti chogʻida Dihya Kalbiy hujumga uchraydi. Bu xabar Muhammad paygʻambarga yetib borgach, darhol Zayd ibn Horisa bilan yana 500 nafar kishini ularni jazolash uchun yuboradi. Musulmon qoʻshini Banu Judham bilan urushib, ulardan bir qanchasini, jumladan, boshliq al-Hunayd ibn Arid va uning oʻgʻlini oʻldiradi, 1000 tuya, 5000 qoramol va 100 nafar ayol va oʻgʻil bolalarni asir oladi. Islomni qabul qilgan Banu Judham qabilasining boshligʻi Muhammaddan oʻz qabiladoshlarini ozod qilishni soʻraydi va paygʻambar ularni ozod qiladi (free online).
Oʻlimi va avlodlari thumb| Damashqning Mezza shahridagi Dihya Kalbiy ziyoratgohi Dihya Kalbiy Damashqning Mezza shahrida vafot etadi va shu yerga dafn qilinadi.
Yana qarang Muhammadning yurishlari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Sahobalar Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari