Nyu-York (; 1951—2021-yillarda Novgorodske, deb atalgan) — Ukrainaning Donetsk viloyati, Baxmut tumani, Toretsk shahar jamoatiga qarashli shahar tipidagi posyolka. Tarixi Nyu-York posyolkasiga Yekaterina II taklifi bilan Rossiyaga kelib joylashgan mennonitlar jamoati tomonidan asos solingan. SSSR davrida (1931-yilgacha) mennonitlar Amur viloyatiga surgun qilinib, u yerda ham shu nomdagi qishloqqa asos solishgan.

Posyolka 1951-yilgacha Nyu-York deb atalgan, hatto Viktor Nekrasovning „V rodnom gorode“ dramasida ham shu nom bilan eslab oʻtilgan. Keyinchalik, posyolkaning nomi Novgorodske deb oʻzgartirilgan. Yaʼni Sovuq urush oqibatida sobiq hamkorlar — SSSR va AQSh munosabatlari buzilguniga qadar posyolkaning nomi oʻzgartirilmagan.

Posyolkada Dzerjinsk fenol zavodi faoliyat yuritadi. Avval Grigoriy Petrovskiy nomidagi Novgorodske mashina zavodi ham boʻlgan (hozirda ishlamaydi, sexlar va boshqa binolar sotilgan; ayrimlarida turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, boshqalari konservatsiyalangan; uchta sex qurilish materiali sifatida foydalanish uchun buzilgan).

Posyolkada „Fenolna“ nomli temiryoʻl stansiyasi joylashgan.

2021-yilning 1-iyul kuni Ukraina Verxovna Radasi Novgorodske shahar tipidagi posyolkani Nyu-York deb nomlab, unga tarixiy nomini qaytardi. Aholisi Yil Aholi soni 1859 3 368sundan, Jeleznoye aholisi — 3 283, Nyu-York aholisi — 85 1885 4 037faqat Jeleznoye aholisi 1897 4 586faqat Jeleznoye aholisi 1908 7 250shundan, Jeleznoye aholisi — 5 757, Nyu-York — 1 493 1939 13 051shundan, Novgorodske aholisi (avvalgi Nyu-York) — 4 737, Jeleznoye — 8 314 1959 12 913shundan, Novgorodske aholisi — 5 285, Jeleznoye — 7 628 1970 13 223 1979 13 064 1987 13 400 1989 13 195 1992 13 200 1998 12 100 2001 11 927 2009 11 040 2010 11 019 2011 10 948 2012 10 892 2013 10 850 2014 10 788 Geografiyasi thumb|enol zavodi binosi Posyolka hududida Fenolna temiryoʻl stansiyasi va „Kostyantinivka—Yasinuvata“ temiryoʻl liniyasining Fenolna stansiyasi joylashgan. Diqqatga sazovor joylari Bogdan Xmelnitskiy haykali Fenol zavodi istirohat bogʻi Nemis qabristoni Ulugʻ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga oʻrnatilgan haykal „Ukraina Nyu-Yorki“ tarix va madaniyat markazi

Izohlar

Manbalar

Turkum:Ukrainaga qarashli aholi punktlari Turkum:Shahar tipidagi posyolkalar Turkum:Baxmut tumani aholi punktlari