3M22 „Sirkon“ – „Mashinostroyeniya“ ISB tomonidan ishlab chiqilgan kemaga qarshi gipertovushli raketa. 2023-yil 4-yanvarda foydalanishga topshirilgan.

Ushbu raketa P-700 Granit ogʻir kemaga qarshi raketa oʻrnini bosishi rejalashtirilgan. Taxminlarga koʻra, raketa tashuvchilar 1144 loyihasi boʻlmish TARKR va 949A Antey loyihasi boʻlgan APL yadro suv osti kemalari boʻladi.

Tavsifi Ushbu raketaning asosiy jihati uning boshqa Rossiya kemalarga qarshi raketalari bilan solishtirganda, shunjngdek, boshqa mamlakatlarning kemaga qarshi raketalariga nisbatan ancha yuqori ( gacha) parvoz tezligiga egaligidir (20-fevral kuni xabar qilinganidek, 2019-yilda Rossiya Prezidenti V. V. Putinning Federal Majlisga murojaatida, Rossiyaning eng yangi gipertovushli raketasi „Sirkon“ „1000 km dan ortiq masofada taxminan 9 Max“ tezlikka erisha oladi. „Sirkon“ ham dengiz, ham quruqlik nishonlarini yoʻq qilishi mumkin, shuningdek, yangi raketadan „Kalibr“ raketa tizimlari uchun ishlab chiqarilgan yoki qurilayotgan kemalar va suv osti kemalarida foydalanish koʻzda tutilganligi haqida xabar berilgan).

Raketa 30-40 km balandlikda uchadi. Bu balandlikda havo qarshiligi past hamda bunday parvoz balandligi raketaning uchish masofasi va tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Sirkondan fregatlardan tortib samolyot tashuvchilarigacha boʻlgan turli toifadagi dushmanning yer usti kemalari, shuningdek, quruqlikdagi harbiy nishonlarga zarba berish mumkin. Sirkonning tezlik xususiyatlari (taxminan 11 025 km/soat) uni tutib olishni qiyinlashtiradi. THAAD, Xets-2 va Xets-3, SM-3, SM-6, GBI, PAAMS va SAMP/T(tezligi 4,5 M boʻlgan Aster 30 raketasi bilan) kabi zamonaviy raketaga qarshi mudofaa tizimlari yuqori tezlikda uchadigan nishonlarni ushlab olishi mumkin, ammo Sirkonning manevrchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda, bu hodisaning ehtimoli uncha yuqori emas.Raketaning birinchi sinovi 2020-yil yanvarida oʻtkazilgan. Barents dengizidan „Admiral Gorshkov“ fregatidan 500 km dan ortiq uzoqlikdagi masofadagi harbiy poligonda joylashgan nishonga qarshi zarba berilgan. Parvozning muvaffaqiyatli omalga oshganini tasdiqlovchi hech qanday video yoki fotosurat taqdim etilmagan.

Texnik xususiyatlari Taxminiy ishlash koʻrsatkichlari:

Uchish masofasi: maʼlumotlar turli manbalarda turlicha boʻlib – taxminan 450 km, 600 km, 1000 kmdan ortiq ; uzunligi: 8-9,5 m (3S14 uchirish moslamasi va undan uchirilgan raketalarning oʻlchamlari asosida (raketa uchirish uchun 3S14 uchirish moslamasini oʻzgartirish talablariga javob bermaydi)) ; tezlik: 8 M gacha ; Jangovor kallak bilan birgalikdagi ogʻirligi: 300-400 kg.

Yana qarang

Gipersonik qurollar X-90 9-A-7660 „Xanjar“ 3M55 „Oniks“

Manbalar