Shujo ibn Vahb al-Asadiy () (milodiy 633-yilda vafot etgan) – Islomdan oldingi davrda MuhammadningIbn Abd al-Barr; Al-Isti'āb; vol. 3, p. 138 koʻzga koʻringan sahobalaridan biri, barcha mashhur urushlarda, jumladan Badr va Uhud jangida ishtirok etgan. Ayrim manbalarda paygʻambar Muhammad uni oʻsha paytdagi dunyo shohlarining koʻpchiligiga maktub eltuvchi elchi sifatida yuborganligi ham taxmin qilinadiHayatus Sahaba; vol. 1, p. 127. Shuningdek, Imom az-Zuhriy rivoyat qilgan hadisda Muhammad Shujo ibn Vahbni Fors shohi Xusrav II Parviz huzuriga yuborgan elchisi ekanligi maʼlum qilinadi. Muhammad yuborgan maktubni shaxsan Xusravga topshirgan ham aynan uning oʻzi boʻlganHayatus Sahaba; vol. 1, p. 136.
Biografiyasi Shujo ibn Vahbning asl ismi Shujo, laqabi Abu VahobAbu Wahab was his Kunya; Kuniyah is a title by which a particular person is identified as oneʼs son or daughter or by which one is associated with some place, idea, subject or group of people. A Kuniyah is expressed in such a form, „Abu So-and-so“ or, „Father of so-and-so“ (for women, „umm so-and-so“ or, „mother of so-and-so“) is literally used, kuniyah blames a person for his son. So if oneʼs name is Abu Wahab, people will probably be able to guess that he has a son named Wahab. But this is not always the case; Kunya is often used in figurative terms as well; For example, Hurairah means a small cat, and Muhammad gave one of his special companions a Kunya called Abu Hurairah (since he always had a small cat with him). About Abu Bakr’s Quniah, Bakr literally means a young camel, but it also refers to a very large Arab tribe. boʻlgan. Otasining ismi Vahob ibn Rabi’a. Johiliya davrida uning avlodlari Quraysh qabilasining Banu Abd-Shams qabilasidan boʻlganAli ibn al-Athir; Usa al-Gabah; vol. 2, p. 386.
Shujo Islomning ilk davrlarida ushbu dinni qabul qilganlardan biri edi. Makka mushriklarini qiynashga majbur boʻlgan Shujo Habshaga hijrat qilganIbn Hajar al-Asqalani, Al-Iṣābah; vol. 3, p. 138. U yerda paygʻambar Muhammad va Makkadagi Islom dinini qabul qilgan musulmonlar haqidagi gaplarni eshitgach, vatan muhabbati uni Makkaga tortadi. Makkaga kelgach, bu xabarning butunlay yolgʻon ekanligini koʻradi. Makkada bir necha kun turgach, Madinaga hijrat qiladi. Yasribga hijrat qilganidan keyin hazrati Avs bilan diniy birodarlik munosabatlarini yaxshilaydiHayatus Sahaba; vol. 1, p. 127.
Elchilik vazifasi Muhammad koʻpgina mamlakat podshohlariga yoʻllab yozgan maktublarini yubrish uchun Shujo ibn Vahbni elchi qilib yuborgan. U Horis ibn Abu Shomir al-Gassoniy huzuriga Shujoni yuborganHayatus Sahaba; vol. 1, p. 127 va unga maktub yoʻllagan. Horis Damashq yaqinidagi „al-Gʻuta“ degan joyning hukmdori boʻlgan. Muhammad unga yozgan maktubning ilk jumlalari quyidagicha edi:
Biroq Horis uning daʼvatini rad etadi va Islomni qabul qilishdan bosh tortadi. Biroq Horisning kelini Muray dinni qabul qilib, Shujo orqali Muhammadga yashirincha salomlar yoʻllaydiHayatus Sahaba; vol. 1, p. 136.
Islom dinining birinchi xalifasi Abu Bakrning davrida Shujo munofiq paygʻambar Musaylamaga qarshi boʻlgan Yamoma jangida shahid boʻlganIbn Hajar al-Asqalani, Al-Iṣābah; vol. 2, p. 138. U 40 yoshlardan oʻtib vafot etgan.
Manbalar
Turkum:633-yilda vafot etganlar Turkum:Badr jangida ishtirok etgan sahobalar Turkum:Uhud jangida ishtirok etgan sahobalar Turkum:Roshidun xalifaligi kishilari