Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 31-oktyabrdagi „Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish toʻgʻrisida“ Farmoniga asosan tashkil etilgan. Markaz inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini, milliy maʼruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni taʼminlovchi davlat organi hisoblanadi. Markaz oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Markaz har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi. Markaz davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish masalalari boʻyicha koʻmaklashadi. Markaz Milliy preventiv mexanizm ishtirokchisi sifatida jazoni ijro etish muassasalariga, qamoqda saqlash joylariga va maxsus qabulxonalarga qiynoqqa solish holatlarini aniqlash maqsadida monitoring tashriflarini amalga oshiradi. Markaz noshirlik faoliyatini olib borib, „Demokratlashtirish va inson huquqlari“ ilmiy-davriy nashrini hamda inson huquqlari boʻyicha boshqa bosma mahsulotlarni chop etadi. Bizning asosiy maqsadimiz mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga koʻmaklashish hamda aholining inson huquqlari madaniyati va savodxonligini oshirishdan iborat.
Vazifalari va funksiyalari Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi: inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashish; inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish; Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish boʻyicha milliy maʼruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakat rejalarini („yoʻl xaritalari“ni) ishlab chiqish; normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash; inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funktsiyasini amalga oshirish va ularga amaliy koʻmaklashish; inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oshirishga koʻmaklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish; inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish; inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, oʻquv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi toʻplamlari doimiy chop etilishini taʼminlash; inson huquqlarini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari boʻyicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish. Markaz oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi: a) inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashish sohasida: inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning inson huquqlari toʻgʻrisidagi hisobotlarida taqdim etilgan maʼlumotlarga sharhlar tayyorlaydi; inson huquq va erkinliklarini ragʻbatlantirish va himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlarning takliflarini toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi; inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya qilish masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining axborotlarini tinglaydi; inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalardan kelib tushadigan individual murojaatlar boʻyicha tegishli choralar koʻradi; inson huquqlari, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarni qoʻllash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining yakdil nuqtai nazarini shakllantirishga koʻmaklashadi; b) inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish sohasida: inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini davlat organlari tomonidan bajarilishi masalalari boʻyicha maʼlumot toʻplashni amalga oshiradi; inson huquqlari sohasidagi qonunchilikka, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalariga davlat organlarining rioya qilish holatini tizimli tahlil qiladi va umumlashtiradi; inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalar tavsiyalarini, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning, shu jumladan maʼlumotlar bazasidan foydalanish orqali milliy harakat rejalarini amalga oshirish boʻyicha yaxlit uslubiyotni ishlab chiqadi va monitoringini amalga oshiradi; inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini bajarish boʻyicha davlat organlari faoliyati samaradorligini baholaydi; inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalardan kelib tushadigan individual murojaatlarni davlat organlari tomonidan koʻrib chiqishning tizimli monitoringini amalga oshiradi; jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi, shuningdek, ularning hal qilinishi monitoringi va tahlilini oʻtkazishni amalga oshiradi; v) Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish boʻyicha milliy maʼruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakat rejalarini („yoʻl xaritalari“ni) ishlab chiqish sohasida: Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari taʼminlanishi holati toʻgʻrisidagi hisobotlarni har yili chop etadi; milliy maʼruzalar tayyorlash jarayonlarini standartlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining axborot va maʼlumotlarini yigʻishni muvofiqlashtirish boʻyicha choralar koʻradi; inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarni bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy maʼruzalarini tayyorlash va taqdim etish jarayoniga inson huquqlari koʻrsatkichlarini moslashtirish va tatbiq qilish boʻyicha choralar koʻradi; davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida BMTning ustav va shartnomaviy organlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining asosiy, milliy va davriy maʼruzalarini oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashni taʼminlaydi; BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini bajarish toʻgʻrisida oraliq axborotlar taqdim qiladi; BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy maʼruzalari loyihalari muhokamasi yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan muntazam muvofiqlashtiruvchi kengashlar oʻtkazadi; davlat organlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy maʼruzalari loyihalarining muhokamasini oʻz vaqtida oʻtkazishni taʼminlaydi; inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalarga Oʻzbekiston Respublikasining milliy maʼruzalarini yuboradi va ularni BMTning ustav va shartnomaviy organlariga taqdim qiladi; Oʻzbekiston Respublikasining tegishli milliy va davriy hisobotlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMT ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini koʻrib chiqadi; Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha milliy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMT ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini davlat tiliga tarjima qilish va manfaatdor davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga oʻz vaqtida joʻnatishni taʼminlaydi; inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning yakuniy taklif va tavsiyalarini koʻrib chiqish va bajarish boʻyicha davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini metodik boshqarishni hamda ularning samarali hamkorligini taʼminlaydi; manfaatdor davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan milliy harakat rejalarini („yoʻl xaritalari“ni) ishlab chiqish boʻyicha maslahatlashuv oʻtkazadi; BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish boʻyicha milliy harakat rejalarini („yoʻl xaritalari“ni) ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun taqdim qiladi; Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy hisobotlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish boʻyicha tasdiqlangan milliy harakat rejalari („yoʻl xaritalari“) mas’ul ijrochilarga yetkazilishini taʼminlaydi; BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish boʻyicha milliy harakat rejalari ijrosi masalalari yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari uchun metodik tavsiyalar tayyorlaydi; inson huquq va erkinliklariga rioya qilish va ularni himoya qilishni taʼminlash sohasidagi ilgʻor oʻzgarishlarni tavsiflovchi inson huquqlari boʻyicha axborot-tahlil va statistik maʼlumotlarning yagona bazasini shakllantiradi; inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar tavsiyalarining yagona maʼlumotlar bazasini ishlab chiqadi va uning ishlashini taʼminlaydi; ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet xalqaro axborot tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarining taʼminlanishi holati haqidagi xolis axborotning chop etilishini tashkillashtiradi; g) normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida: inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning doimiy tahlilini amalga oshiradi va inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning xalqaro standart va tavsiyalarini, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;