Josep „Pep“ Guardiola Sala (1971-yil 18-yanvarda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozirda Angliya Premier Ligasining Manchester City klubi bosh murabbiyi. Guardiola ikki marta qitʼa treblini qoʻlga kiritgan yagona murabbiy, UEFA Chempionlar Ligasida gʻalaba qozongan eng yosh murabbiy, shuningdek, La Liga, Bundesliga va Premyer-ligada eng koʻp ketma-ket gʻalaba qozongan liga oʻyinlari boʻyicha rekordlarga ega. U barcha davrlarning eng buyuk murabbiylaridan biri hisoblanadi .

Guardiola futbolchilik faoliayti davomida yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U oʻz faoliyatining asosiy qismini Barselonada oʻtkazgan. 1992-yilda klubning birinchi Yevropa kubogini va 1991-yildan 1994-yilgacha ketma-ket toʻrtta Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritgan Johan Cruyffning Orzular jamoasi tarkibida oʻynadi. U 1997-yildan 2001-yilgacha "Barselona "ni tark etgunga qadar jamoa sardori boʻlgan. Keyinchalik Guardiola Italiyaning „Brescia“ va „Roma“, Qatarning „Al-Ahli“ va Meksikaning „Dorados“ klublarida foaoliyat olib bordi. U Ispaniya terma jamoasi safida 47 marta maydonga tushgan. Shuningdek Kataloniya terma jamoasi safida ham bir qancha oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazgan.

Guardiola bir muddat futbolda tanaffus qilib 2013-yildan Bavariya murabbiysi sifatida faoliyatini boshladi va har uch mavsumda Bundesligada gʻolib chiqdi. U 2016-yilda Bavariyani tark etib, „Manchester City“ga oʻtdi va ikkinchi mavsumda klubni Premyer-liga chempionligiga olib keldi. Jamoa bir mavsumda 100 ochkoni qoʻlga kiritib koʻplab mahalliy rekordlarni yangiladi. U „City“ni 2018-19-yilda mahalliy treblga, 2020-21- dagi ilk Chempionlar Ligasi finaliga va 2022-23-yilgi Chempionlar Ligasi chempionligiga olib keldi.

Guardiola, FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida eng koʻp gʻalaba qozongan murabbiy sanaladi. U „City“, "Barselona " va „Bavariya“ni boshqarib, toʻrt marta kubokni qoʻlga kiritdi. „Manchester City“ Guardiola boshqaruvida bir yilida beshta sovrin yutgan birinchi ingliz klubiga aylangan.

Oʻyinchi sifatida faoliyatini tugatgandan soʻng, Guardiola qisqa vaqt ichida „Barselona B“ni boshqardi va u bilan Tercera División chempionligini qoʻlga kiritdi. U 2008-yildan esa asosiy jamoani boshqara boshladi. Oʻzining birinchi mavsumida "Barselona „ni La Liga, Ispaniya kubogi va UEFA Chempionlar ligasining qitʼa trebliga olib chiqdi va musobaqada gʻalaba qozongan eng yosh murabbiyga aylandi. U 2010-2011-yilgi mavsumda klubni yana bir La Liga va Chempionlar Ligasi dubliga olib chiqqanidan keyin 2011-yilda FIFA tomonidan “Jahonning eng yaxshi murabbiyi" deb topildi. Guardiola "Barselona "dagi toʻrt yillik faoliyatini 2012-yilda 14 sovrin bilan yakunlagan. Bu klub tarixida rekord sanaladi.

Dastlabki yillar Josep Guardiola 1971-yil 18-yanvarda Kataloniyaning Sanpedor shahridagi Sant-Josep klinikasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Valenti va Dolors. U ikki singlisi Francheska va Olga va ukasi Pere bilan birga oʻsgan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng Guardiola FC Barselona universitetida yurisprudensiyani oʻrgandi. Biroq, universitetda oʻqish va „Barselona“ futbol klubidagi karerasi natija bermadi va vaqt taqchilligi tufayli u atigi bir yil oʻqib, oʻqishni tugatdi. U futbol bilan mahalliy „Ximnastik De Manresa“ oʻsmirlar klubida shugʻullanishni boshlagan.thumb| Guardiola 2013-yilda, Bavariya Karyera statistikasi Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha uzatma va gollarKlubMavsumLigaXalqaro kubok KontinentalBoshqaJamiBoʻlimUzatmalarGollarUzatmalarGollarUzatmalarGollarUzatmalarGollarUzatmalarGollar Barselona C 1988-89 Segunda División B 8 1 0 0 — — 8 1Barselona B 1989-90 Segunda División B 11 0 0 0 — — 11 0 1990-91 Segunda División B 33 3 — — 6 0 39 3 1991-92 Segunda División 9 2 — — — 9 2Jami53 5 0 0 — 6 0 59 5Barselona 1990-91 La Liga 4 0 0 0 — — 4 0 1991-92 La Liga 26 0 0 0 11 0 2 0 39 0 1992-93 La Liga 28 0 3 1 5 0 3 0 39 1 1993-94 La Liga 34 0 3 0 9 0 2 0 48 0 1994-95 La Liga 24 2 2 0 6 0 2 0 34 2 1995-96 La Liga 32 1 7 0 8 1 — 47 2 1996-97 La Liga 38 0 6 0 7 1 2 0 53 1 1997-98 La Liga 6 0 1 0 5 0 2 0 14 0 1998-99 La Liga 22 1 3 0 1 0 0 0 26 1 1999-2000 La Liga 25 0 2 0 12 1 2 0 41 1 2000-01 La Liga 24 2 6 1 7 0 — 37 3Jami263 6 33 2 71 3 15 0 382 11 Brescia 2001-02 Serie A 11 2 0 0 — — 11 2 Roma 2002-03 Serie A 4 0 0 0 1 0 — 5 0 Brescia 2002-03 Serie A 13 1 0 0 — — 13 1Al-Ahli 2003-04 Qatar Stars League 18 2 ? 0 — ? ? 18+ 2 2004-05 Qatar Stars League 18 3 ? 1 ? 1 ? ? 18+ 5Jami 36 5 ? 1 ? 1 ? ? 36+ 7 Dorados 2005-06 Mexican Primera División 10 1 ? ? — — 10+ 1+Karyera davomida 398 21 33+ 3+ 72+ 4 21+ 0 524+ 28+ Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha uzatma va gollarXalqaro jamoaYilUzatmaGolIspaniya 1992 2 1 1993 5 0 1994 7 1 1995 0 0 1996 5 1 1997 4 1 1998 0 0 1999 9 0 2000 8 1 2001 7 0Jami 47 5 +Pep Guardiola tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Sana Joy Cap Raqib Gol Natija Musobaqa 1992-yil 16-dekabr Ramón Sánchez Pizjuán, Sevilya, Ispaniya 2 2 5-0 1994-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 1994-yil 27-iyun Soldier Field, Chikago, Amerika Qoʻshma Shtatlari 12 1 3-1 1994-yil FIFA Jahon chempionati 1996-yil 14-dekabr Mestalla, Valensiya, Ispaniya 18 1 2-0 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 1997-yil 12-fevral José Rico Pérez, Alikante, Ispaniya 20 1 4-0 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 2000-yil 3-iyun Wellevy, Gothenburg, Shvetsiya 35 1 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Murabbiylik + Jamoa va xizmat muddati boʻyicha murabbiylik rekordiJamoa-dan-gachaRekordManba Barselona B 2007-yil 21-iyun 2008-yil 30-iyun Barselona 2008-yil 1-iyul 2012-yil 30-iyun Bayern Munich 2013-yil 26-iyun 2016-yil 30-iyun Manchester City 2016-yil 1-iyul 30 june 2027Jamiright|thumb|300x300px| "Barselona " futbolchilari va Guardiola 2011 yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻalabasini nishonlashmoqda

Sovrinlar Oʻyinchi Barselona B

Segunda B divizioni : 1990-91

Barselona

La Liga: 1990-91, 1991-92, 1992-93, 1993-94, 1997-98, 1998-99 Copa del Rey: 1996-97, 1997-98 Ispaniya Superkubogi: 1991, 1992, 1994, 1996 Yevropa Kubogi: 1991-92 UEFA Cup Winners' Cup: 1996-97 Yevropa Superkubogi: 1992

Ispaniya U23

Olimpiya oltin medali : 1992

Individual

Bravo Award: 1992 Olimpiada – Ispaniyaning eng yaxshi futbolchisi: 1992-yil UEFA European Championship Team of the Tournament: 2000 right|thumb|215x215px| Guardiola 2021-yilda Manchester City F.C.

Murabbiy Tercera divizioni : 2007-08

Barselona

La Liga: 2008-09, 2009-10, 2010-11 Qirol kubogi: 2008-09, 2011-12 Ispaniya Superkubogi: 2009, 2010, 2011 UEFA Chempionlar Ligasi : 2008-09, 2010-11 UEFA Superkubogi : 2009, 2011 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati : 2009, 2011-yil

Bayern Munich

Bundesliga : 2013-14, 2014-15, 2015-16 DFB-Pokal : 2013-14, 2015-16 UEFA Superkubogi: 2013 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2013

Manchester City

Premer-liga : 2017-18, 2018-19, 2020-21, 2021-22, 2022-23 Angliya kubogi : 2018-19, 2022-23 EFL kubogi : 2017-18, 2018-19, 2019-20, 2020-21 FA hamjamiyat qalqoni : 2018, 2019 UEFA Chempionlar Ligasi: 2022-23 UEFA Superkubogi: 2023 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2023

Individual

Don Balón Award: 2009, 2010 Migel Muñoz kubogi : 2008-09, 2009-10  Yilning eng yaxshi murabbiyi : 2009, 2011, 2012  World Soccer Magazine tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi : 2009, 2011  IFFHS Jahonning eng yaxshi klub murabbiyi : 2009, 2011, 2023 Yevropaning eng yaxshi murabbiyi – Alf Remsi mukofoti : 2011-yil  Yevropaning eng yaxshi mavsum murabbiyi : 2008-09  Yilning UEFA jamoasi eng yaxshi murabbiyi : 2008-09, 2010-11  La Liganing eng yaxshi murabbiyi : 2009, 2010, 2011, 2012 FIFA Jahonning eng yaxshi murabbiyi : 2011 Globe Soccer Awards : 2013 Globe Soccer Awards : 2020 Premer-ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi : 2017-18, 2018-19, 2020-21, 2022-23 Yilning LMA menejeri : 2017-18, 2020-21, 2022-23 LMA Premer-ligasida yilning eng yaxshi murabbiyi : 2017-18, 2020-21, 2022-23 Liga menejerlari assotsiatsiyasi (LMA) shon-sharaf zali UEFA yilning eng yaxshi erkak murabbiyi : 2022-23 FIFAning eng yaxshi futbol murabbiyi : 2022-23 Eslatmalar

Manbalar

Havolalar

Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Al Ahli SC (Doha) futbolchilari Turkum:Brescia Calcio futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Ispaniyalik futbol murabbiylari Turkum:FC Barcelona murabbiylari Turkum:FC Bayern Munich murabbiylari Turkum:Manchester City F.C. murabbiylari Turkum:La Liga murabbiylar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar