Apple Vision Pro – Apple Inc tomonidan ishlab chiqilgan real vaqt rejimida jismoniy va raqamli ob’ektlar birgalikda mavjud boʻlgan, oʻzaro taʼsir qiladigan yangi muhit hamda vizualizatsiya yaratish uchun real va virtual olamlarning birlashishi xususiyatli virtual realik koʻzoynagi. Qurilma ilk marta 2023-yilning 5-iyunda Appleʼning Butunjahon dasturchilar konferensiyasida keng ommaga taqdim qilingan. Virtual reallik koʻzoynaklariga oldindan buyurtmalar berish 2024-yilning 19-yanvardanoq boshlab yuborildi. 2024-yilning 2-fevralda Amerika Qoʻshma Shtatlari boʻylab sotuvga chiqarila boshlandi. Apple Vision Pro sotuvlari AQSHdan boshqa mamlakatlarda sotilishi halihali rejalashtirilmagan. Vision Pro 2015-yilda Apple Watch chiqqandan beri Apple kompaniyasining birinchi yangi yirik mahsulot toifasidir. Qurilma oʻz tipidagi, yaʼni virtual reallik koʻzoynaklarga nisbatan inqilobiy boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda koʻplab texnik blogerlar mahsulotni sinab koʻrgan holda aytib oʻtishgan.

Apple Vision Pro raqamli mediani real dunyo bilan birlashtirilgan qurulma sifatida sotuvga chiqarildi, hamda kompaniya tomonida „Fazoviy kompyuter“ deb ataldi. Harakat imo-ishoralari, koʻzni kuzatish va nutqni aniqlash kabi jismoniy maʼlumotlardan tizim bilan oʻzaro ishlashda foydalanish mumkin.

Qurilma visionOS, 3D foydalanuvchi interfeysi yordamida iOS tizimi sosida ishlab chiqilgan aralash reallik operatsion tizimida ishlaydi. Qurulma ichiga oʻrnatilgan kichik kameralar tomonidan olingan maʼlumotlar orqali foydalanuvchi va uning atrofida suzuvchi maʼlumotlarni aks ettiradi hmada koʻp vazifalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Foydalanuvchining yuzini skanerlash orqali yaratilgan avatarlarni (rasmiy nomi „Personas“) boshqa harqanday vertual xolatlarda aks ettiradi va ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchi yuzi sifatida chop etadi. Quloqchinlarning old tomonidagi ekranda avatarning koʻzlari tasviri („EyeSight“) aks etadi, bu foydalanuvchining atrofdagilarni aniqlik darajasini kamaytiradi yoki mutloq ularni koʻrsatmaydi va muloqotda yordam berish uchun ishlatiladi.

Tarix

Rivojlanish 2015-yilning may oyida Apple dastlab Volkswagen kompaniyasidan kompaniya tarkibiga kiruvchi kengaytirilgan virtual haqiqat qurulmalari bilan shugʻullanadigan kompaniyasi Metaioʻni sotib oladi. Oʻsha yili Apple Dolby Laboratories kompaniyasidan Mayk Rokvellni ishga oladi. Rokvell Metaio Piter Meyer va Apple Watch menejeri Fletcher Rotkopfni oʻz ichiga olgan „Technology Development Group“ deb nomlangan jamoani tuzadi. Jamoa 2016-yilda AR vertual haqiqat qurulmasining demo varyantini ishlab chiqadi, biroq bosh dizayner Joni Ayv va uning jamoasi bunga qarshi chiqadi. Kengaytirilgan reallik va virtual haqiqat (VR) eksperti va NASAning sobiq mutaxassisi Jeff Norris 2017-yil aprel oyida kompaniyaga ishga qabul qilinadi. Rokvell jamoasi 2017-yilda iOS 11 tizmi bilan ARKit- tizimini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Rokvell jamoasi yangi turdagi quloqchin yaratishga intiladi va yangi texnikalar bilan shugʻullanuvchi Ive jamoasi bilan ishlay boshlaydi.

Yangi eshitish vositalarining rivojlanishi 2019-yilda Ivening jamoadan ketishi bilan toʻxtab qoladi. Uning oʻrnida ish boshlagan Evans Xenki ham 2023-yilda kompaniyani tark etadi. Ivening ishdan ketishi ortidan Appleʼda ilgari oʻyinlar va grafik texnologiyalar ustida ishlagan Geoff Stahl visionOS operatsion tizimini ishlab chiqishga rahbarlik qila boshlaydi. Apple-ning kengaytirilgan reallik eshitish vositasi kelajakdagi engil AR koʻzoynaklari uchun koʻprik sifatida moʻljallangan, ammo buni hali texnik jihatdan amalga oshirilishi mumkin emas edi. 2017-yilning noyabrida Apple Kanadaning MR kompaniyasi tarkibidagi Vrvana loyihasini 30 million dollarga sotib oladi. Vrvana loyihasi qora rangni koʻrsata olmaydigan boshqa AR garnituralarining sharpaga oʻxshash proektsiyalarini emas, balki haqiqiy dunyoning tepasida toʻliq shaffof, haqiqiy rangdagi animatsiyalarni joylashtirish imkoniyatiga ega edi. Bu tashqi dunyoni suratga oladigan kameralar orasidagi tez-tez seziladigan kechikishdan qochib, bir vaqtning oʻzida 90 Gts chastotada 120 graduslik koʻrish maydonini saqlab qolish imkoniyatini berar edi. Shuningdek Vrvena tana kuzatuvini amalga oshirish uchun IR yoritgichlar va infraqizil kameralar bilan jihozlangan edi.

Texnikaga oid maxfiy maʼlumotni keng ommga oshkor qiluvchi Ueyn Maning soʻzlariga koʻra, Apple dastlab macOS dasturiy taʼminotini displeydan foydalanuvchi muhitiga olib oʻtishga ruxsat bermoqchi boʻlgan, biroq iOS-ga asoslanganligi, bazi xususiyatlari cheklanganligi sababli bu jarayon ancha erta bekor qilishgan. Marketing hodimlari qurilma bilan ishlash boʻyicha Nike kabi brendlar bilan ham hamkorlikni muhokama qilishgan. shuningdek qurulmada dastlab paydo boʻlishi kerak boʻlgan „Birgalikda mavjudlik“ deb nomlangan xususiyat ham nomalum sabablarga koʻra bekor qilingan.

Taqdimoti 2022-yilning may oyida Apple rahbarlari hamda bosh direktor Tim Kuk qurilmani taqdimot uchun sinovdan oʻtkazishadi. Kompaniya iyun oyida qurulma uchun reklama kontentlarini ishlab chiqish uchun direktorlar va ijodkorlarni yollashni boshlaydi. Aprel oyiga kelib, Apple qurulma uchun dasturiy taʼminot va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun ishlab chiquvchilarni jalb qilishga harakat qiladi. Ajablanarlisi shundaki Apple Vision Pro-ning rivojlanishiga hissa qoʻshgan texnologiyalar uchun 5000 dan ortiq patent roʻyxatga olingan.

Apple Vision Pro 2023-yil 5-iyunida Appleʼning Butunjahon dasturchilar konferensiyasida ilk marta keng ommaga taqdim qilinadi, 2024-yil boshida esa AQSHda 3499 dollarboshlangʻich narxida sotuvga chiqariladi.

Qurulma taqdimoti ertasi kuniyoq Apple kompaniyasi Super Nintendo World kompaniyasining Mario Kart ride texnologiyasidan foydalaniladigan Mira AR qurulmasi startapini sotib oladi.

2024-yil 8-yanvarda Apple kompaniyasi Vision Proʻning AQShda sotuvga chiqarilish sanasi 2024-yil 2-fevralda boʻlishini eʼlon qiladi. Dastlabki sotuvlar soni hisob-kitoblarga koʻra 60 000-80 000 donani tashkil etadi. Apple ikki haftalik oldindan buyurtma berish davrida 200 000 donagacha qurulmani oldindan sotadi.

Texnik xususiyatlari

Qurulma thumb| Qurulmaning old tomonida „EyeSight“ displeyi va kameralarni himoyalovchi oynalar mavjud. Apple Vision Pro taxminan 300 ta komponentdan iborat. Uning old tomonida egri qatlamli shisha displey, yon tomonlarida alyuminiy hoshiya, ichki qismida egiluvchan matoli tasma mavjud. Hoshiyada beshta sensor, oltita mikrofon va 12 ta kamera mavjud. OLED displey odatda ob’ektiv orqali 90 FPS tezlikda ishlaydi, lekin koʻrsatilayotgan kontentga qarab avtomatik ravishda 96 yoki 100 FPS ga sozlanishi mumkin. Koʻzlar LED va infraqizil kameralar tizimi tomonidan kuzatiladi, ular Optic ID nomli qurilmaning skaneri asosini tashkil qiladi (iPhone smartfonlarida Face ID kabi autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladi). Gorizontal oʻrnatilgan motorlar koʻz harakatlarini aniq kuzatib boradigan aniq va fokuslangan tasvirlarni taʼminlash uchun linzalarni alohida koʻz pozitsiyalariga moslashtiradi. Akselerometr va giroskop kabi sensorlar yuz harakatlarini kuzatib boradi, bu esa haqiqiy dunyo va tahmin qilinayotgan tasvir oʻrtasidagi tafovutlarni kamaytiradi. Qurilmaning karnaylari bosh bandining ichida joylashgan boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanuvchi quloqlari ustiga oʻrnatiladi. Bundan tashqari, unda atrof-muhit ovozini virtualizatsiya qilishi mumkin. Shuningdek faol shovqinni boshqarish funksiyasi orqali chalgʻituvchi shovqinlarga butunlay yoʻqotish mukin. Qurulmga buyurtma berish jarayonida foydalanuvchilar mos kelish uchun Face ID bilan iPhone yoki iPad yordamida yuzlarini skanerlashlari kerak, bu Apple Store ilovasi orqali yoki Apple Store chakana savdo joyida amalga oshirilishi mumkin.

Vision Pro chipda Apple M2 tizimidan foydalanadi. Unga real vaqt rejimida sensorli maʼlumotlarni qayta ishlash uchun ishlatiladigan qoʻshimvha Apple R1 protsessori yordam beradi. Qurilmani uchta ichki xotira konfiguratsiyasi bilan sotib olish mumkin. Bular 256 GB, 512 GB va 1 TB. Tashqi quvvat manbai, Mac kompyuteridagi porti yoki ikki yarim soatlik foydalanish uchun moʻljallangan batareya toʻplami bilan quvvatlanishi mumkin. Batareya toʻplami qurilmaga Lightning ulagichining olinmaydigan 12 pinli qulflash varianti yordamida ulanadi.

Oʻrnatish vaqtida foydalanuvchining yuzi qurilma tomonidan skanerdan oʻtkaziladi, bu esa OS funksiyalari tomonidan foydalaniladigan real avatarni hosil qiladi. Ana shunday funksiyalardan biri „EyeSight“ boʻlib, foydalanuvchi shaxsining koʻzlarini aks ettiruvchi tashqi tomonga qaragan displeydir. Uning koʻzlari AR rejimida xiralashgan, toʻliq qora fonga choʻmganida esa xiralashgan xolda koʻrinadi, bu foydalanuvchining atrof-muhitga oid xabardorligini bildiradi. Boshqa birov yaqinlashganida yoki gapirganida, hatto foydalanuvchi toʻliq qora fonga choʻmgan boʻlsa ham, EyeSight oʻz shaxsining virtual koʻzlarini odatdagidek koʻrsatadi va boshqa odamni koʻrinadigan qiladi.

Aksessuarlar Apple Vision Pro uchun qoʻshimcha aksessuarlar orasida 199 AQSh dollari turadigan sayohat sumkasi, uzoqni koʻra olmaydigan foydalanuvchilar uchun Apple tomonidan ishlab chiqarilgan 99 dollarlik optik qoʻshimchalar, hamda 199 dollarlik yorugʻlik muhri va 29 dollarlik yorugʻlik muhri yostigʻi kiradi. Sotuvda mavjud boʻlgan yagona rasmiy uchinchi tomon aksessuarlari Belkin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan batareya ushlagichidir.

Shuningdek narxi 299 dollar turadigan birinchi tomon adapteri mavjud va uni faqat roʻyxatdan oʻtgan, pullik Apple Developer hisoblari orqali sotib olish mumkin.

Kamchiliklar Sotuvlardan koʻp oʻtmay, baʼzi foydalanuvchilar old displeyda oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan yoriqlar haqida xabar berishgan.

Dasturiy taʼminot Apple Vision Pro asosan iOS tizimi asosida.

Operatsion tizim barmoqlarni kuzatish, koʻzni kuzatish va nutqni aniqlash orqali boshqariladigan 3D foydalanuvchi interfeysidan foydalanadi. Foydalanuvchilar unga qarash va ikki barmogʻini bir-biriga jipslashi orqali elementlarni tanlashi, qisilgan barmoqlarini harakatlantirish orqali elementni harakatlantirishi mumkin. Ilovalar 3D fazoda joylashtirilishi mumkin boʻlgan suzuvchi oynalarda koʻrsatiladi. VisionOS matn kiritish uchun virtual klaviaturani, Siri virtual yordamchisini va tashqi bluetooth qurilmalarini, jumladan Magic Keyboard, Magic Trackpad va geympadlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek VisionOS AirPlay yordamida boshqa Apple qurilmalariga ekrandagi tasvirni aks ettirishni qoʻllab-quvvatlaydi.

VisionOS App Store doʻkonidagi koʻrish ilovalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Hamda tanlangan iOS va iPadOS ilovalari bilan mos keladi. Ishga tushirilgandan soʻng visionOS 1 milliondan ortiq iOS va iPadOS ilovalarini hamda 600 ta mahalliy visionOS ilovalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Ammo bu ilovalar orasida Netflix, Spotify va YouTube kabi platformalar mavjud emas. Tahlilchilarning fikriga koʻra, bu kompaniyalarning Apple bilan App Store doʻkonidagi majburiy 30% daromad taqsimoti siyosati (jumladan, monopoliyaga qarshi daʼvolar bilan bogʻliq) tarang munosabatlari natijasida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin. Bu haqdagi Intervyuda Netflix hamkasbi bosh direktori Greg Piters Vision Pro hozirda kompaniyani qoʻllab-quvvatlash uchun juda qulay ekanligini, ammo „biz buni aniqlash uchun Apple bilan doim muzokaralar olib boramiz“, deb aytib oʻtgan.

visionOS „Mac Virtual Displey“ funksiyasi orqali macOS qurilmasining asosiy ekranini aks ettirishi mumkin.

Qabul qilinishi

Tanqidlar