Marshall Bruce Mathers III (; 17-oktyabr 1972-yilda tugʻilgan) Eminem taxallusi ostida tanilgan amerikalik reper, produser, qoʻshiqnavis va aktyordir. Slim Shady ismli alter egosi bor. Yakkaxon ijodidan tashqari, Eminem oʻzining D12 guruhi va Bad Meets Evil dueti aʼzosi hamdir. Eminem jahonda eng koʻp xaridorgir musiqachilardan biri, 2000-yillarda eng koʻp albomi sotilgan artistdir. U qator jurnallar, jumladan Rolling Stone tomonidan eng buyuk artistlar roʻyxatiga kiritilgan . Rolling Stone unga shuningdek „Hip Hop qiroli“ unvonini bergan. Eminem Billboard albomlar charti choʻqqisini oʻn marta egallagan. Uning albomlari dunyoda 115 milliondan, singillari 120 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Qoʻshma Shtatlarning oʻzida 49,1 million albom va 42 million trek sotgan.
1996-yil avgustida oʻzining birinchi mustaqil Infinite albomini chiqargan Eminem keng shuhratga 1999-yil fevralida chiqqan The Slim Shady LP albomi bilan erishdi. Albom Eminemga uning birinchi Grammy mukofotini keltirdi. The Slim Shady LPdan keyin 2000-yil mayida The Marshall Mathers LP va 2002-yil mayida The Eminem Show chiqib, ularning ikkovi ham „Eng yaxshi rap albom“ nominatsiyasida Grammy mukofoti oldi, natijada Eminem shu nominatsiyada ketma-ket uch marotaba mukofot olgan ilk artist boʻldi. 2004-yil noyabrida Encore albomi chiqdi. 2005-yil konsert turnesidan keyin Eminem taʼtilga chiqdi. 2009-yil mayida Relapse nomli oltinchi albomini chiqardi. 2010-yil iyunida Eminem yettinchi, Recovery albomini chiqardi. Recovery butunjahon muvaffaqiyat koʻrib, 2010-yilning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi. Eminem Relapse va Recovery uchun yana Grammy olib, Grammy mukofotlari soni 13 ga yetdi. 2013-yil noyabrida uning sakkizinchi, The Marshall Mathers LP 2 albomi chiqarildi.
Eminem boshqa ishlar, jumladan oʻzining Shady Records studiyasi, Shade 45 radiokanali bilan ham shugʻullanadi. 2002-yil noyabrida Eminem 8 Mile nomli hip hop drama filmida suratga tushdi. Shu film soundtracki uchun Akademiy mukofoti olib, bu mukofotni olgan birinchi reper boʻld i. U shuningdek The Wash (2001), Funny People (2009) filmlarida va Entourage teleserialida rollar oʻynagan.
thumb|right|200px|Eminem 2011-yilda
Hayoti Marshall Bruce Mathers III 1972-yil 17-oktyabrda St. Joseph shahrida tugʻilgan, 12 yoshida oilasi bilan Detroytning Istsayd tumaniga koʻchib oʻtadi. U doimo darslarni qoldirib, maktab oshxonasida rep-fristayllarni tashkil qilardi va har doim yutardi.
Diskografiyasi 1995 — Soul Intent 1996 — Infinite 1997 — The Slim Shady EP 1999 — The Slim Shady LP 2000 — The Marshall Mathers LP 2001 — Devil’s Night (D12 bilan birga) 2002 — The Eminem Show 2004 — Encore 2004 — D12 World (D12 bilan birga) 2005 — Curtain Call: The Hits 2006 — Eminem Presents the Re-Up 2010 — Recovery 2011 — Bad Meets Evil (Hell: The Sequel) 2013 — The Marshall Mathers LP 2 2017 — Revival 2018 — Kamikaze 2020 — Music to Be Murdered By 2024 — The Death of Slim Shady (Coup de Grâce)
Filmografiyasi
Yil Nom Rol Qoʻshimcha 2000 Hip-Hop jodugari oʻzini-oʻzi (epizod rolda) 2001 The Wash Chris 2002 8 Mile Jimmy „B-Rabbit“ Smith 2005 Koʻzlaring maʼyus oʻzini-oʻzi (epizod rolda) 2008 Have Gun — Will Travel Paladin
Kitoblari
Nomi Yil Sahifalar soni Angry Blonde 2000 148 The Way I Am 2008 208
Mukofot va unvonlar YilMukofotQabul qiluvchi(lar) va nomzod(lar)Natija2003Academy Award"Lose Yourself" (from 8 Mile)2001American Music AwardsEminem2003The Eminem Show2003Eminem8 Mile2005EncoreEminem2006Curtain Call: The Hits2009RelapseEminem2010Recovery2014The Marshall Mathers LP 2Eminem2014ARIA Music AwardsEminem201820202011Barbados Music Awards"Love the Way You Lie" (featuring Rihanna)2001BET Awards"Stan" (featuring Dido)2003"Lose Yourself"Eminem2010"Forever" (with Drake, Kanye West and Lil Wayne)2012Bad Meets Evil2009BET Hip Hop Awards"We Made You"RelapseEminem2010"Forever" "Not Afraid"Recovery2011"Love The Way You Lie" (featuring Rihanna)2014Eminem"The Monster" (featuring Rihanna)The Marshall Mathers LP 22000Billboard Music Awards"The Real Slim Shady"2002The Eminem Show2009Eminem2010Eminem2011EminemBillboard Music Awards:
Recovery"Not Afraid""Love the Way You Lie" (featuring Rihanna)Bad Meets Evil2014EminemThe Marshall Mathers LP 22003Black Reel Awards8 Mile2004Tupac: Resurrection2000Blockbuster Entertainment AwardsEminem2001EminemThe Marshall Mathers LP
Manbalar
Havolalar
Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:Hip-hop musiqachilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik filantroplar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:Amerikalik erkak reperlar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik kinoprodyuserlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar