Ozor berma () – Henry Marshning hayot, oʻlim va neyrojarrohlik haqidagi 2014-yilda yozilgan hikoyalar toʻplami. Weidenfeld & Nicolson nashriyoti tomonidan chop etilgan. Kitob muallifning neyrojarroh sifatidagi faoliyati batafsil tasvirlangan biografiya janridagi asardir.
Asar mavzusi
Henry Marsh Buyuk Britaniyada taniqli neyrojarroh hisoblanadi. Uning otasi advokat, onasi Fashistlar Germaniyasidan qochqin boʻlgan. Marsh bakalavr darajasida oʻqib, keyinchalik ikki yil Davlat Milliy arxivida ishlaydi. Bir yil davomida koʻngilli sifatida Afrikada dars beradi va Oxford universitetiga oʻqishga kirib, siyosat, iqtisodiyot, falsafa fanlarini oʻrganadi. Hayotidagi inqirozli davr sabab oʻqishni maʼlum vaqt tashlaydi va AQSh shimolidagi konchilar shaharchasi kasalxonasida kichik tibbiy sanitar boʻlib ishlay boshlaydi. 6 oy davomida u yerda dastlabki tibbiy qiziqishlarni oladi. 1 yil oʻtgach qaytib kelib, Oxforddagi oʻqishini tamomlaydi va keyin Londondagi tabiiy fanlar boʻyicha yagona tibbiyot maktabiga hujjat topshiradi. Tabiiy fanlardan O va A dajarasi (Buyuk Britaniyada umumiy taʼlim sertifikatining oddiy darajalari) uchun London tibbiyot maktablari uni rad etishadi. Shuning uchun u Qirollikning bepul tibbiyot maktabiga oʻqishga kiradi. 1979- yilda oʻqishni tugatib oʻzi avval amaliyot oʻtagan shifoxonaga kichik shifokor sifatida ishlab boshlaydiMarsh, Henry (2014). Do No Harm: Stories of life, death, and brain surgery. p. 76.. Marsh faoliyati davomida shifokor va bemor oʻrtasidagi munosabatlarni chuqur eʼtiborga oladi. Jumladan, oʻlayotgan bemor va uning yaqinlariga mudhish habarni yetkazish, umidsizlikni anglata olish yoki umid berish, jarrohlik amaliyotidan keyin bemorni tuzalib ketishiga ishontira olish kabi hissiy qiyinchiliklarni asarda izohlab beradiMarsh, Henry (2014). Do No Harm: Stories of life, death, and brain surgery. p. 110.. Shu jumladan, neyrojarrohlik sohasining ogʻriqli tomonlari, neyrojarroh shifokorga kerak boʻladigan fazilatlar, shifokorlar va bemorlarning qarindoshlari oʻrtasidagi ziddiyat, tushinmovchiliklarni aytib oʻtgan. Asarda shifokor hayoti davomida tahlil qilib borgan koʻpgina kasalliklar, ularning davosi va oqibatlari haqida ham yozadi. Asarda uchraydigan tibbiy holatlar, terminlarga izoh berilgan va shu uchun asar nafaqat tibbiyot sohasidagilar uchun balki barcha toifadagi insonlar uchun ham tushinarli va mazmunli.
Tanqidiy fikrlar
Kitob haqidagi fikrlar asosan ijobiy boʻlganHammond, Phil (2014-03-15). „Do No Harm by Henry Marsh“. The Times. Archived from the original on 2019-03-21.Rothman, Joshua (2015-05-11). "Henry Marsh’s „Do No Harm“". The New Yorker. Archived from the original on 2015-05-13.. Karl Ove Knausgård asar haqida fikr bildirib, unda „tasodifiy yoʻnalishdagi haqiqatlar“ borligini aytadi. Bundan tashqari, The Observer and The Daily Telegraph kompaniyasi ham maqtovga sazovor deb eʼtirof etgan. Ikkinchi marta nashr etuvchi Nicholas Blincoe uni „uzoq yillik yopilishlardan soʻng oqlangan muzokaralar seriyasi“ deb ataydiFerguson, Euan (2014-03-30). „Do No Harm: Stories of Life, Death and Brain Surgery review – 'a bloody, splendid book'“. The Guardian. Archived from the original on 2014-03-30.Blincoe, Nicholas (2014-03-08). „Do No Harm: Stories of Life, Death and Brain Surgery, by Henry Marsh, review“. The Daily Telegraph. Archived from the original on 2014-03-09.. Michiko Kakutani asar haqida quyidagi fikrlarni keltiradi: „Kitob oʻquvchilar fikrini ijobiy chalgʻitsa-da, bir vaqtning oʻzida ularni inson tanasidagi moʻjizalarni qadrlashga va Henry Marsh kabi jarrohlar borligidan mamnun boʻlishda undaydi“Kakutani, Michiko (2015-05-18). „Review: In 'Do No Harm,' a Brain Surgeon Tells All“. The New York Times. Archived from the original on 2019-03-21..
Mukofotlari 2015-yilda PEN Ackerley mukofoti sovrindori„PEN Ackerley Prize“. English Pen. Archived from the original on 2019-04-28. Retrieved 2019-05-01. Pol Rojer Daff Kuper mukofoti finalchisi 2015-yilda „Welcome Book“ mukofoti finalchisi„Do No Harm“. Wellcome bookprize. Financial Times boʻyicha yilning eng yaxshi biznes kitobi"Best business books". Financial Times 2015-yilda Washington Post boʻyicha yilning eng yaxshi kitobi„Notable nonfiction of 2015“. The Washington Post. 2015-11-18. Nyu-York Timesda yilning eng mashhur kitobi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbek tilidagi kitoblar Turkum:Ommabop psixologiya boʻyicha kitoblar Turkum:Ingliz tilidagi kitoblar Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar Turkum:Ilmiy-ommabop kitoblar Turkum:Biografiya kitoblar