Qarshi shahridagi 4-maktab – Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi „Chaqar“ mahallasida joylashgan taʼlim muassasasi. Maktab 1,420 oʻringa moʻljallangan boʻlib, oʻquvchilar 2 ta navbatda tahsil olishadi.
Tarixi Maktab 1948-yil ochilgan boʻlib, 4 ta oʻquv binosi mavjud. 1975-yilda hamda 1985-yillarda maktab taʼmirdan chiqarilgan. 2022-yilda oʻtkazilgan „Tashabbusli byudjet“ loyihasida gʻolib deb topilib, maktabning derazalari, isitish tizimlari, tashqi va ichki qismini taʼmirlash uchun 1 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.
Manbalar
Turkum:Qarshi Turkum:Oʻzbekistondagi maktablar