Afifa Iskandar Estefan () – XX asrning oʻrtalarida ijod qilgan iroqlik qoʻshiqchi. 1921-yil 10-dekabrda Iroqning Mosul shahrida tugʻilgan. Iroq tarixidagi eng yaxshi ayol xonandalardan biri. Xonanda „Iroq qora qushi“ nomini olgan.

Hayoti Afifa Iskandarning otasi arman, onasi yunon edi. U Bagʻdodda yashagan va 5 yoshidan boshlab qoʻshiq kuylagan. 1935-yildan boshlab esa maqom kuylashni boshlagan. 12 yoshida Iskandar Estefan ismli arman yigitiga turmushga chiqqan va uning familiyasini olgan. Afifa aktrisalik faoliyati bilan ham shugʻullangan hamda koʻplab spektakllarda rol ijro etgan. 1938-yilda Badia Masabni, Taheyya Kariokka va Muhammad Abdel Wahab bilan birgalikda ishlash uchun Misrga borgan. Afifa Iskandar 2012-yil 21-oktyabrda Bagʻdodda saraton kasalligidan vafot etgan.

Eʼtirof thumb|Afifa Iskandar tavalludining 98 yilligiga bagʻishlangan dudl 2019-yil 10-dekabrda Google xonandaning 98 yoshi munosabati bilan maxsus dudl chiqargan.

Singllari Iskandar 1500 ga yaqin qoʻshiq kuylagan. Ularning eng mashhurlariga quyidagilar kiradi:

„Ya aqqid alhajibayn“ „Ikhlas meni“ „Ya sokari ya assali“ „Ared Allah yebain hobty behom“ „Qaleb qaleb'“ „Jani alhlo labs sobhyat aledd“ „Nem wa sadek sadri“ „Msafren“ „Qsma“ „Helal eid“

Manbalar

Turkum:2012-yilda vafot etganlar Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:Iroqlik aktrisalar Turkum:Iroqlik qoʻshiqchilar