thumb Dyuym ( — bosh barmoq soʻzidan) — ayrim metrik boʻlmagan Yevropa oʻlchov tizimlarida masofani oʻlchash birligi. Odatda tegishli mamlakat futining 1/12 yoki 1/10 ("oʻnlik dyuym") qismiga teng. Bugungi kunda dyuym nomi ostida 2,54 smga teng ingliz dyuymi tushuniladi.
Dyuym (gollandcha duim — bosh barmoq) — 1) ingliz oʻlchovlar birligi da ulushiy uzunlik birligi. 1D.= 1/12 fut = 0,0254 m. 2) metrik birliklar tizimi qabul qilingunga qadar rus uzunlik birligi. 1 D.= 1/12 fut = 2,54 sm.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turli xil dyuymlar Avstro-Vengriya Vena dyuymi = 2,63402 sm. Birlashgan Qirollik Ingliz dyuymi yoki imperiya dyuymi (dan — 1/12 qism) 1958-yildan boshlab к 2,54 smga tenglashtiriladi. Avval metrik tizimga boshqacha oʻtkazilar edi: 1819 — 1000000/393694 sm ≈ 2,5400438 sm; 1895 — 2,5399978 sm; 1922 — 2,5399956 sm; 1932 — 2,5399950 sm; 1947 — 2,5399931 sm. Ingliz oʻlchov tizimida 1 dyuym = 12 chiziq = 72 nuqta = 1/12 fut = 1/36 yard. Olmoniya Bavariya: 2,43216 sm yoki 2,918592 sm ("oʻnlik dyuym"). Baden: 3 sm (1810). Prussiya: 2,61545 sm (1755), 3,76625 sm ("oʻnlik dyuym", 1816). Reyn ittifoqi: 2,61541 sm. Saksoniya: 2,36 sm. Ispaniya 1 pulgada = 2,32166 sm. Kvebek Fransuz dyuymi ishlatilar edi, ammo 1985-yildan oʻlchami oʻzgartirilgan: 2,707005 sm. Xitoy 1 tsun = 1/30 m ≈ 3,3333 sm.
Meksika 1 pulgada = 2,3278 sm. Ostzey guberniyalari Reyn dyuymlari bilan bir qatorda quyidagilar qoʻllanardi: kurlyand dyuymi ≈ 3,36 sm; riga dyuymi ≈ 2,24 sm; revel dyuymi ≈ 2,6715 sm.
Polsha staropol yoki qirollik dyuymi (1819-yilgacha) ≈ 2,48 sm; novopol dyuymi (1819—1849) = 2,4 sm; vraslav (breslav, silez) dyuymi = 2,742 sm; eski litva dyuymi ≈ 2,7076 sm.
Rio-de-La-Plata 1 pulgada ≈ 2,547 sm.
AQSh Birlashgan Qirollikdagi kabi 1958-yildan Amerika dyuymi 2,54 smga tenglashtiriladi. Avval (1866-yildan) 2,540000508 smga teng edi (yanada aniqroq, 10000/3937 sm); ayrim hollarda bu eski belgilanish geodezik dyuym nomi ostida ishlatiladi.
Fransiya Fransiya dyuymi ( — bosh barmoq), boshqa nomlari Parij dyuymi va qirol dyuymi, 75000/27706 smga teng edi, ya'ni tahminan 2,706995 sm. Eski Parij oʻlchovlar tizimida 1 dyuym = 12 chiziq = 144 nuqta = 1/12 fut = 72/3161 lokot.
Yaponiya 1 sun = 1/33 m ≈ 3,0303 sm.
Manbalar
Turkum:Fizika Turkum:Oʻlchov birliklari Turkum:Imperial oʻlchov birliklari