Sherzod Abduraimov (; 1995-yil 9-may, Quva tumani) – oʻzbekistonlik futbolchi, Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati Sherzod futboldagi dastlabki bilimlarini Muborakdagi Mashʼal akademiyasida olgan. 2014-yildan Mashʼal klubi asosiy jamoasiga jalb etilgan. 2015-yilda klubdagi raqobat sababli dastlab Quvasoyning „Sementchi“, Zomining „Zomin“ keyinchlik Haqqulobodning „Norin“ jamoalarida ijarada oʻynagan. 2018-yilgi avvalida „Mashʼal“ klubi tarkibiga qaytgan.

2019-yilgi mavsum avvalida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Ikki mavsum davomida „Neftchi“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 2021-yilgi mavsum oldidan „Neftchi“ jamoasini tark etgan va Qirgʻizistonning „Kaganat“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2022-yilgi mavsum Oʻshning „Alay“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yilgi mavsum odldian Oʻzbekistonga qaytdi va Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2024-yil 8-aprelda Shoʻrtan jamoasi Sherzod bilan shartnomani bekor qilgan.

Shoʻrtan jamoasidan ketganidan soʻng 2,5 oy davomida jamoasiz qoldi. Yozgi transfer oynasi ochilganidan soʻng 17-iyulda Qoʻchqorotaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Baxsli vaziyatlar 2020-yilgi mavsum Oʻzbekiston Pro ligasi soʻngi turida, Fargʻonadagi Istiqlol stadionida „Neftchi“ va „Turon“ jamoalari oʻynagan. Oʻyin yaklunida Yaypan jamoasi oʻyindagi yagona golni kiritib Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Oʻyin yakunlaganidan soʻng bir qancha „Neftchi“ futbolchilari va Sherzod oʻzining oʻyindagi xolatlar boʻyicha eʼtirozlarini tajavuzkor harkatlar bilan bildirib, Bosh hakam Shavkat Nasibullayevga jismoniy hujum qilishgan. Natijada OʻFA oʻyinda tartib buzilishida qatnashgan Sherzod Abduraimov bir yil muddatga futbolning har qanday faoliyatidan chetlatilgan. Keyinchalik jazo chorasi yumshatilib Oʻzbekistondan tashqarida, xorij mamlakatlarida faoliyat yuritishga ruhsat berilgan.

2024-yil 3-aprelda Muborakda Mashʼal va Shoʻrtan jamoalari oʻyinida, oʻz darvozasidan ikkinchi gol oʻtkazib yuborgach raqib futbolchisi Ibrohim Gʻanixonov gol nishonlayotgan vaqtida unga bosh bilan zarba berib maydondan chetlatilgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Pro ligasi goʻlibi: 2017 Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 2020

Manbalar

Havolalar

Sherzod Abduraimov Transfermarkt saytida

Sherzodbek Abduraimov OʻzPFL saytida

Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:9-mayda tugʻilganlar Turkum:Quva tumanida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:FC Alay futbolchilari Turkum:FC Kaganat klubi futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Norin klubi futbolchilari Turkum:Zomin klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar