Villa Guardamangia (italyancha — „qarash“ va „ovqatlanish“), avvallari Casa Medina va baʼzan Casa Guardamangia deb ham ataladi, maydonni egallagan bino Maltadagi Gvaramanġa Pieta shaharchasida joylashgan. U Edinburg gersoginyasi malika Elizabeth (keyinchalik qirolicha Elizabeth II) va Edinburg gersogi shahzoda Philipning 1949—1951-yillarda qarorgohi sifatida foydalanilgan.
Tarixi Hudud taxminan 1814-yilda Maltada Britaniya mustamlakasi boshlangan vaqtda katolik ruhoniyga tegishli boʻlgan. Dengiz boʻyidagi mulk 18-asr oʻrtalarida qurilgan deb hisoblaniladi. 20-asrning oxirida u bir nechta taniqli Malta oilalariga tegishli boʻlgan, ular orasida Sant-Fourniers, Bartolos va Schembris oilalari ham bor. Bino 1900-yilda ser Augusto Bartolo tomonidan hozirgi koʻrinishga keltirilgan va Casa Medina deb nomlangan. U dastlab qishloq uyi boʻlgan. Inshoot 18 ta xona, hayvonlar uchun otxona, sayr qilish yoʻli boʻlgan katta bogʻ va urush vaqtida boshpana sifatida foydalaniladigan joydan iborat.
Taxminan 1929-yilda villa birinchi marta Lui Mountbattenga ijaraga berilgan. U bino Marsaga yaqinligi sababli qiziqish bildirgan, shuningdek, bu yerda Mountbattenning dabdabali turmush tarziga mos keladigan ot poygasi va golf maydonchasi ham mavjud boʻlgan. Villa yomon ahvolda boʻlib, bir nechta alohida xonadonlarga boʻlinib ketgan. Shu sababli, Mountbatten uy taʼmirlanayotgan paytda Florianada „Fenikiya“ mehmonxonasining ikki xonasida istiqomat qilishiga toʻgʻri kelgan. Mountbatten bir muncha vaqt oʻtgach, villani sotib olgan va 1950-yillarda Oʻrta yer dengizi flotining bosh qoʻmondoni sifatida Maltaga joylashganidan keyin bu hududga tez-tez tashrif buyuradigan boʻlgan.
Edinburg gertsogi va gertsoginasi Maltaga kelganida, dastlab ular Gerald Strickland va uning rafiqasi mezbonlik qilgan San-Anton saroyida turab qolganlar. Malika Elizabeth (keyinchalik Qirolicha Elizabeth II) va turmush oʻrtogʻi Philip Mountbatten (keyinchalik shahzoda Philipp, Edinburg gertsogi) birinchi marta 1946-yilda Guardamangiada tunab qolishgan. Er-xotin oʻsha paytdan to 1952-yilgacha bir necha marta mazkur hududga kelishgan. Philipp Maltada Qirollik dengiz floti ofitseri boʻlgan, Elizabeth esa Auberge de Kastiliyada askarlar, dengizchilar, harbiy xizmatchilar oilalari uyushmasi (SSAFA) bilan ishlagan. Oxir-oqibat Mountbatten villani qirollik juftligiga taqdim etgan va ular 1949—1951-yillar orasida doimiy ravishda shu yerda yashaydigan boʻlishgan. Taxminlarga koʻra, Elizabeth toʻngʻich farzandi qirol Charles III ga villadaligi homilador boʻlgan. Keyinchalik qirolicha Maltada oʻtkazgan yillarini hayotining eng yaxshi davrlaridan biri deb taʼriflagan, chunki bu vaqt u „oddiy“ turmush tarizni kechirishga muvaffaq boʻlgan yagona davr hisoblanadi.
Qirolicha Elizabth II 1992-yilda Maltaga davlat tashrifi chogʻida Villa Guardamangiaga ham borgan. 2007-yilda esa u Edinburg gersogi bilan birga ularning 60 yillik yubileyini nishonlagan. Malta oliy komissari Norman Hamilton 2013-yilda qirolichaga „Villa Guardamangia“ rasmini sovgʻa qilgan. Qirolicha 2015-yilda Hamdoʻstlik Hukumat rahbarlarining yigʻilishi Maltada boʻlgan vaqtida, villani koʻrishni iltimos qilgan, biroq hududning oʻsha vaqtdagi egalari Ġużè Schembri oilasi kambagʻalliklari sababli villa xaroba ahvolga kelib qolgani uchun, qirolichaning villani koʻrish haqidagi taklifini rad etishgan. Prezident Marie Louise Coleiro Preca qirolichaga villa fasadining yana bir tasvirini sovgʻa qilgan.
Bino 2019-yilda sotuvga qoʻyilgan, soʻrov narxi 5 900 000 yevro etib etib belgilangan. Binoning katta qismi, jumladan mebellar, sanʼat asarlari va antiqa buyumlar 2019-yil sentyabr oyida kim oshdi savdosida sotilgan. Binoni qayta tiklash va jamoatchilik uchun ochiq qilish harakatlaridan soʻng, u 2019-yil oktyabr oyida Malta hukumati tomonidan sotib olingan va keng qamrovli restavratsiya ishlari uchun Heritage Malta kompaniyasiga topshirilgan.
Bino tuzilishi va bogʻlari thumb|Old fasaddagi „Villa Guardamangia“ yozuvi thumb|Villaning xaroba ahvoli Villa Gvardamangia qishlogʻida, Valletta hududidan tashqarida joylashgan tor koʻchadagi sokin turar-joy maskanida bunyod etilgan. Villa Marsamxett bandargohi ustidan dengiz manzarasi bilan toʻldirilgan saroy shaklida qurilgani tasvirlangan suratlar mavjud. Qirolicha uni „shahar uyi“ deb taʼriflagan. Bu odatiy anʼanaviy Malta qarorgohining bir naʼmunasidir. Bino ohaktoshdan qurilgan, ammo omma orasida qumtosh sifatida tanilgan va qirolicha tomonidan „sariq tosh“ sifatida tasvirlangan. Uyning ikkita kirish eshigi bor, ulardan biri koʻcha tomonda, ikkinchisi esa zinapoyadan yuqoriga koʻtarilgan joyda oʻrnatilgan. Qirollik oilasi villada yashagan vaqtlarida Britaniyadan oʻz shaxsiy narsalarini olib kelishgan. Bu ularga bir paytlar nafis uyda, dabdabali muhitda yashashga imkon bergan. Qirollik oilasining villada britaniyalik xizmatkorlari boʻlgan.
Villa bogʻlari u qadar koʻp emas. Qirolicha uni oddiygina „Villa Guardamangiadagi kichik bogʻ“ deb taʼriflagan. Qirolichaning oʻzi bogʻlar va atrofdagi hududni oʻz didi va turmush tarziga koʻra bezatgan, ammo bogʻ bilan bogʻliq koʻplab ishlar bogʻbon tomonidan bajarilgan. Bogʻdagi asosiy tashqi xususiyat — bu villa binosidan bogʻning narigi tomoniga olib boradigan uzun terassa yoʻli boʻlgan. Terassaning oʻrtasida skameyka boʻlib, u yerda qirollik juftligi va mehmonlarning eng mashhur, nashr etilgan fotosuratlari olingan. Boshqa fotosuratlar villaning tom terassasida olingan, baʼzilari esa matbuot suratkashlari tomonidan villaning old tomonida, er-xotin zinapoyada yurgan paytda suratga tushirilgan. Bogʻda koʻngil ochish, shuningdek, gullarni yetishtirish singari ochiq havoda qilinadigan koʻplab yumushlar boʻlsa-da, shahzoda Philipp oʻz xonasida vaqt oʻtkazishni koʻproq yoqtirgan.
Hozirgi ahvoli Bino Malta Atrof-muhitni asrash va rejalashtirish boshqarmasi tomonidan 2-darajali yodgorlik sifatida belgilangan. Flimkien għal Ambjent Aħjar nohukumat tashkiloti uni qayta tiklashga daʼvat qilgan. Hukumat keyinchalik villani ekspropriatsiya qilish va qayta tiklash jarayonini boshlagan. Uning oʻsha paytdagi egalari villani buzish va qayta qurib, sotish uchun uning holatini yomonlashishiga uringanlikda ayblangan.
Villa Guardamangia qayta tiklanganidan keyin potensial turistik diqqatga sazovor joyga aylangan. 2015-yilda oʻtkazilgan ilmiy boʻlmagan onlayn soʻrovda soʻrovnoma ishtirokchilarning 84 foizi villa qayta tiklansa va ommaga ochiq deb eʼlon qilinsa, unga tashrif buyurishlarini aytishgan. Villa qirollik oilasi bilan bogʻliq boʻlgan umumiy muassasa hisoblaniladi. Daily Telegraphdagi bir maqolada Rabatdagi Villa Luginslandning old qismi Villa Guardamangianing orqa tomoni sifatida xato tasvirlagan.
Villa Guardamangia mulki Marika Schembri va uning aka-ukalariga tegishli boʻlgan. 2019-yilning iyun oyida villa 6 million yevroga (5,3 million funt) sotuvga qoʻyilgan. Biroq, u 5 million yevroga sotilgan. 2019-yil oktyabr oyidan boshlab villa Malta hukumatiga tegishli. 2020-yil iyun oyidan boshlab Heritage Malta (madaniy meros boʻyicha milliy agentlik) villada keng qamrovli restavratsiya ishlarini olib bormoqda. Britaniya qirollik oilasi villaning qayta ochilishiga taklif qilinishi kutilgan.
Galereya
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Elizabeth II Turkum:Pietà (Malta) Turkum:Qirollik qarorgohlari Turkum:Maltadagi neoklassik arxitektura