Tohir Shamsiddinov (; 1993-yil 9-fevral) — Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Nukusning „Aral“ klubi tarkibida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati 2018-yil mavsum boshida Buxoro jamoasidagi yarim yillik faoliyatidan soʻng klubni tark etdi va Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan ijara asosidagi shartnoma imzolagan. Mavsum yakunida ijara shartnomasi yakunlangach Buxoro klubiga qaytgan va keyinchalik shartnomani uzaytirmagan. 2020-yilgi mavsum boshida Navbahor jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Namangan jamoasida bir mavsum oʻynadi va jamoani tark etdi.

2021-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Fargʻona klubida mavsum yakunida Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritdi. 2022-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ jamoasi bilan tarkibiga oʻtgan. Surxon jamoasida mavsum davomida Oʻzbekiston Superligasida 17 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta oʻyin oʻtkazgan. Mavsum yakunida jamoani tark etgan.

2023-yilgi mavsumni jamoasiz va oʻyin amaliyotiz yakunlagan holda 2024-yilgi mavsumda Nukusning „Aral Nukus“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2012 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021

Manbalar

Havolalar

Tohir Shamsiddinov OʻzPFL saytida

Tohir Shamsiddinov transfermarkt Tohir Shamsiddinov soccerway Tohir Shamsiddinov footballfacts

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:FC Aral Nukus futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar