Beşparmak togʻlari — Turkiyaning Mugʻla va Aydin viloyatlarida joylashgan, sobiq Latmus koʻrfazining shimoliy qirgʻogʻi boʻylab sharq-gʻarb tomonga yoʻnalgan koʻp togʻ tizmasi. Latmus togʻining janubiy yonbagʻrida Latmus shahri joylashgan boʻlib, u ilgari tor koʻrfazdagi port boʻlib hizmat qilgan. Latmus koʻrfazining kirish qismi qadimdan unga quyiladigan Maeander (Büyük Menderes) daryosi choʻkindi jinslari bilan toʻla boshlagan. Milodiy 300-yilda bu joy Bafa koʻli botqoqlari koʻrinishiga kelib qolgan. Tarkibida shoʻrnalish darajasi ortgan va Egey dengizi kanallari shoʻr elementlari bilan boyib borgan. Ekologiya muhiti shoʻr suvli boʻlib, koʻl qushlar uchun qoʻriqxonaga aylantirilgan. Beşparmakdan sharqda Kapikiri qishlogʻi joylashgan. Ungacha boʻlgan masofa 35 kilometr (22 milya), kengligi 5 kilometr (3,1 milya) dan 10 kilometr (6,2 milya) ni tashkil qiladi. U yerdan koʻrinib turadigan choʻqqilar Beşparmakning togʻlari hisoblanadi. Bu togʻlar turli oqimlar natijasida erroziyalanib qotgan choʻqqilardan hosil boʻlgan. Qadimgi yozuvchilar manbalarida koʻrfaz ustidagi gʻarbiy shoxcha Latmus deb atalganini koʻrish mumkin. Strabonning yozishicha, sharqdagi tizma Grium togʻi hisoblangan.
Geologiyasi
Anatoliya va Egey togʻlarining hosil boʻlish morfotektonik konfiguratsiyasi boʻyicha, Afrika va Arab yer osti plitalari Yevrosiyo plitasi bilan toʻqnashishi natijasida yer sirtida balandliklar yuzaga kelgan. Alp orogeniyasi bilan bogʻliq boʻlgan kontinental siljish harakati natijasida plitalar yer qatlamlarini ustma-ust siqib koʻtargan va choʻkindi jinslarning oldingi qatlamlaridan metamorfik jinslar zonalari yaralgan. Egey dengizining bu zonalari dastlab Yer qobigʻining choʻkishidan hosil boʻlgan bir qator massivlarni ifodalagan: Rodop, Kazdag, Menderes, Kiklad va Krit massivlari. Ularning shakllari dastlab gumbazsimon, tuxumsimon koʻrinishlarda boʻlgan. Qadimiy manbalarga koʻra, Latmusning shimoliy yonbagʻirlari tez-tez ogʻir toshqinlarga uchrab turgan. Bu kabi boshqa massivlarda vulqon faolligi koʻrinishini beruvchi issiq buloqlar va bugʻlar keng tarqalgan.
Mifologiyasi Mifologik qarashlarga koʻra Homer Milet qoʻshnisidagi Ftiriyaliklar togʻi haqida gapirganda Latmus yerlariga ham ishora qilgan deb hisoblanadi. Yana bir yunon mifologiyasida Selenning turmush oʻrtogʻi Endimion uyquda yotgan gʻorning joylashgan joyi Latmus ekanligi aytib oʻtiladi.
Kashf etilishi Nemis arxeologiya instituti xodimi Anneliese Peschlow tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida 1994-yilning boshlarida Latmus togʻi etagidan Bafa koʻli buloqlari yaqinida sayoz gʻorlar va unda 70 ga yaqin qoyatosh rasmlar topildi. Ushbu topilmalar miloddan avvalgi 6000 yillikka tegishli va hozirda Latmus togʻining milliy bogʻi tarkibiga kiritilgan. Qoyatosh rasmlarining toʻq qizil rangdagilarida ijtimoiy, diniy manzaralar ifodalangan. Ajdaho koʻrinishidagi togʻning tasvirlari bu manzilgohning erta bronza davrlarida muqaddas joy boʻlganligidan dalolat beradi.
Tarixi Miloddan avvalgi V asrda Latmus Delian ligasi aʼzoligiga kiritilgan. IV asrda fors satrapi Halicarnassus bu hududni bosib oladi va devor bilan oʻralgan shaharni qayta tiklaydi. Ellinizm taʼsirida shahar bir kilometr gʻarbga siljitib quriladi. Harobalar orasida Kapıkırı qishlogʻi ham qurilgan.
Ellinistik davrda Temenos yoki Endymion ziyoratgohi shaharning janubiy koʻtarilgan joyida qurilgan. U janubiy-gʻarbiy tomonga qaragan boʻlib, orqa tomonida togʻ jinslaridan tiklangan devor, kirish yoʻlagi va ustunli hovlisi boʻlgan.
Vizantiya davrida Latros nomi bilan togʻlar joylashgan hudud monastir markazi hisoblangan. 1222-yilda Latros monastri 11 ta kichik monastirliklarga ega hududga aylangan. Ammo turklar tomonidan bir necha bor hujumlar sabab XIII asr oxiriga kelib pasayib, XIV asrda monastirlik tugatildi. Hududda XX asr boshlaridga kelib temir rudalari qazib olish yoʻlga qoʻyilgan. 2018-yilda qadimgi Alinda va Latmus shaharlarini oʻzaro bogʻlagan yoʻl qishloq aholisi tomonidan zaytun bogʻlari yetishtirish uchun buzib tashlangan. Manbalar
Turkum:Turkiya togʻlari Turkum:Aydın viloyati tarixi