Büyük Ağa madrasasi yoki Kapı Ağa madrasasi — Turkiyaning Amasiya shahridagi XV asrga oid tarixiy madrasaTurkey, Verity Campbell, page 471, 2007. Majmua 1488-yilda Usmonlilar sultoni Boyazid II davrida Kapı Ağası (haramda ishlagan amaldorlar boshligʻi) Husayn ogʻaning buyrugʻiga binoan qurilgan.
Bino tuzilishi Madrasa bu binoda birinchi marta qoʻllangan oʻziga xos sakkiz burchakli tuzilish rejasiga ega boʻlib, sakkiz burchakli ustunga ega hovli atrofida har biri kichik gumbaz bilan qoplangan talabalar xonalari joylashgan. Eng katta gumbazli xona asosiy oʻquv xonasi sifatida ishlatilgan. Hozirda bu binodan mahalliy yoshlarni hofizlikka oʻrgatish uchun foydalaniladi.
Galereya
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi madrasalar Turkum:Amasya Turkum:Turkiyada Usmonlilar arxitekturasi Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar