Sevil Shhaideh (qizlik familiyasi Geambek (); 1964-yil 4-dekabrda tugʻilgan) — ruminiyalik iqtisodchi, davlat xizmatchisi va siyosatchisi. 2016-yil 21-dekabrda sotsial-demokratlar tomonidan Ruminiya bosh vaziri lavozimiga taklif qilingan, biroq prezident Klaus Iohannis tomonidan rad etilgan.
Taʼlimi va faoliyati Shhaideh 1964-yil 4-dekabrda Ruminiyaning Konstanta shahrida tugʻilgan. Onasi Muezel Cambek (qizlik familiyasi Karpat) asli qrim-tatar, otasi Saedin Cambek asli turk. 1987-yilda Buxarest Iqtisodiy fanlar akademiyasining Iqtisodiy rejalashtirish va kibernetika fakultetini tamomlagan. Keyin Konstansa okrugi davlat boshqaruvida ishlagan, keyin loyihalar boʻyicha bosh direktor lavozimiga koʻtarilgan. Xuddi shu davrda Ruminiya okrug kengashlari milliy ittifoqining koordinatori boʻlgan. 2012-yildan Mintaqaviy rivojlanish vazirligida davlat kotibi lavozimida ishlagan.
2015-yil may va noyabr oylari orasida Shhaideh Liviu Dragneaning oʻrniga Viktor Ponta boshchiligidagi Sotsial-demokratik hukumatda mintaqaviy rivojlanish va davlat boshqaruvi vaziri boʻlgan.
2016-yil 21-dekabrda PSD va ALDE partiyalari tomonidan Ruminiya prezidenti Klaus Ioxannisga bosh vazirlikka nomzod sifatida koʻrsatilgan. Dragnea, PSD rahbari, Shhaideh hukumati ustidan umumiy siyosiy mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishini bildirgan. Agar prezident bu taklifnimaʼqullanganida, u bu lavozimni egallagan birinchi ayol va musulmon boʻlar edi. 27-dekabrda hukumat koalitsiyasidan magʻlub boʻlgan Milliy liberal partiyadan chiqqan Iohannis nomzodlikni rad etgan. Bu esa Dragnea hamda Liberallar va Demokratlar ittifoqining kichik koalitsiya hamkori rahbari Kalin Popescu-Tariceanu Ioxannini siyosiy oʻyinchilik va partiyaviylikda ayblagan.
Shaxsiy hayoti Shhaideh oilasi sunniy musulmon diniga eʼtiqod qiladi, Ruminiyada uzoq vaqtdan beri shakllangan turk va tatar etnik ozchiliklariga mansub. Onasi turk tarixchisi Kamol Karpatning jiyani.
Suriyalik tadbirkor Akram Shhaideh () ga turmushga chiqqan; ruminiyalik siyosatchi Liviu Dragnea 2011-yilda ularning toʻy marosimida ishtirok etgan. 2015-yil iyul oyidan boshlab moliyaviy manfaatlar deklaratsiyasiga koʻra, er-xotin Suriyada uchta, biri Latakiyada va ikkitasi Damashqda boʻlgan mulkka ega.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar