Saydaziz Saydaliyev SaidaglamovichManba sifatida keltirilgan „Eltuz“ videosidagi rasmiy hujjatda ismi shu tartibda yozilgan. (shuningdek, Saidaziz Medgorodok nomi bilan tanilgan) — oʻzbekistonlik sobiq bokschi, SaidalievTeam aralash yakkakurash sport klubi asoschisi. „Medgorodok“ jinoiy toʻdasi sardori. Tadbirkorlarning qarzdorlardan haqqini kuch yoʻli bilan maʼlum bir ulush evaziga undirib berishi bilan mashhur. Oʻzbekiston jinoyat olamidagi taniqli shaxslardan biriva yaqin do'stlaridan bir Oga Medgaradok bilan ham aloqador hisoblanadi. Hayoti Saydaziz Saydaliyev 1987-yilning 24-may sanasida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tavallud topgan. Tibbiyot shaharchasi (xalq orasida Medgorodok)da istiqomat qilishi bilan tanilgan. Manbalarga koʻra, 2018-yilning 26-noyabr sanasida, Toshkent savdo majmuasi yaqinida Murod Xontoʻrayevga yetkazilgan tan jarohati ortidan jinoyat olamida shuhrat qozongan. Saidazizning mashhurlar orasidan tadbirkor, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti Salim Abduvaliyev, diniy bloger Abror Muxtor Aliy bilan yaqin aloqalari borligi taʼkidlanadi.
Saydaziz Saydaliyev haqida bloger Abror Muxtor Aliy shunday degan:
Sudlanishi „Saidaziz Medgorodok“ 2023-yilning 2-dekabr kuni Toshkent shahrida Jinoyat kodeksining 165-moddasi („Tovlamachilik“) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha qoʻlga olingan. Keyinchalik, u va u bilan birin-ketin hibsga olingan „Baxti Tashkentskiy“(Baxtiyor Qudratillayev, 3-dekabr) va „Salimboy“lar (Salim Abduvaliyev; 12-dekabr) ozodlikka chiqqani haqidagi ma'lumotlar tarqaladi. Biroq, bu xabarlar soxta ekanligi hamda ular hibsda ekanligi rasmiy manbalar orqali tasdiqlangan.
Izohlar
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston bokschilari Turkum:Oʻzbekiston jinoyatchilari Turkum:Bokschilar haqidagi chala maqolalar