Felix Maria Josef Arnold Ermacora (; 13-oktyabr 1923-yil, Klagenfurt — 24-fevral 1995-yil, Vena) — avstriyalik davlat arbobi. 1971—1990-yillarda Avstriya xalq partiyasidan parlament aʼzosi boʻlgan.

Biografiyasi Felix Ermacora 13-oktyabr 1923-yilda Klagenfurtda tugʻilgan. Vilyax, Grats va Regensburg maktablarida tahsil olgan. 1942-yilda Innsbruck universitetining huquq fakultetiga oʻqishga kirgan. 1944—1945-yillarda fashistlar armiyasida safdor boʻlib xizmat qilgan. 1948-yilda huquq fanlari doktori ixtisosligi boʻyicha universitetni tamomlaydi. 1948—1952-yillarda Villach munitsipalitetida, 1952—1957-yillarda federal kansleriyasi xodimi, 1957—1964-yillarda Innsbruck universiteti xalqaro huquq professori, 1964—1992-yillarda Vena universiteti xalqaro huquq professori, 1992—1995-yillarda Lyudvig Bolsman nomidagi Inson huquqlari instituti direktori boʻlib ishlagan. 1971—1990-yillarda Avstriya xalq partiyasidan parlament aʼzosi, 1959—1980 va 1984—1987-yillarda Inson huquqlari boʻyicha Yevropa komissiyasi va BMT Inson huquqlari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. Ermacora BMT delegatsiyasi tarkibida Chili, Janubiy Afrika, Falastin, Eron va Afg‘onistonda inson huquqlarining buzilishini tekshirgan. Yana shuningdek, Yevropa Kengashi tomonidan Jazoir, Gretsiya, Irlandiya, Turkiya va Kiprda inson huquqlarining buzilishini tekshirishga joʻnatilgan. BMT rasmiysi sifatida Felix Ermacora adolatsizlik va inson huquqlari buzilishiga qarshi so‘zsiz kurashgan.

Kyoln va Strasburg universitetlarining faxriy doktori.

Ermacora 1995-yil 24-fevralda Venadagi Hietzing tumani klinikasida vafot etganEric Pace. Felix Ermacora Is Dead at 71; Austrian Human Rights Expert. New York Times. February 27, 1995..

Felix Ermacora xalqaro huquq va inson huquqlari sohasi oid boʻlgan: Handbuch der Grundfreiheiten und der Menschenrechte, 1963; Allgemeine Staatslehre, 2 vol., 1970; Österreichische Verfassungslehre, 2 vol., 1970/80; Grundriß der Menschenrechte in Österreich, 1988; Die Entstehung der Bundesverfassung, 5 vol., 1986-93; Menschenrechte in der sich wandelnden Welt, 3 vol., 1974-94; Menschenrechte ohne Wenn und Aber. Erlebnisse und Begegnungen, 1993 kabi kitoblar muallifi hamdir.

Manbalar

Adabiyotlar Manfred Nowak: Felix Ermacora †. In: Archiv des öffentlichen Rechts 120 (1995), S. 278–281. Christoph Schlintner, Gerhard Strejcek: Felix Ermacora (1923–1995). In: Peter Häberle, Michael Kilian, Heinrich Wolff (Hrsg.): Staatsrechtslehrer des 20. Jahrhunderts. Deutschland – Österreich – Schweiz. De Gruyter, 2. Auflage, Berlin 2018, S. 1153–1165.

Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:24-fevralda vafot etganlar Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:13-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:BMT mansabdorlari Turkum:Qutb yulduzi ordeni sohiblari