Anʼanaviy qonun cholgʻusi ijrochiligi — changchi va qonunchi sozanda, Oʻzbekiston Konservatoriyasi professori Abdurahmon Xoltojiyevning qonun cholgʻusini ijro etishni oʻrganish uchun darslik.
Oʻzbekiston Konservatoriyasi dotsenti, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi Saibjon Begmatov va “Hamza Hakimzoda Niyoziy” nomidagi Respublika musiqa kolleji oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Temur Mahmudov ushbu darslikka taqriz yozgan. 2005-yil Toshkentda nashr etilgan.
Mazkur darslik qonun cholgʻusi ijrochiligi boʻyicha saboq olayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun moʻljallangan. Unda qonun cholgʻusi haqida tarixiy maʼlumotlar, cholgʻuning tarkibiy tuzilishi, ijrochilik uchun muhim hisoblangan uslubiy tavsiyalar va amaliy dasturlar munosib oʻrin olgan.
Manbalar
__INDEKS__
Turkum:Oʻzbek tilidagi kitoblar Turkum:Musiqaga oid kitoblar Turkum:Musiqa asboblari haqida kitoblar