Punchbowl masjidi — Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi Sidneyning chekkasidagi Punchbowl hududida joylashgan masjid. U yunon-avstraliyalik arxitektor Angelo Candalepas tomonidan loyihalashtirilgan.

Binoda katta markaziy gumbaz va 102 ta kichikroq beton gumbazlar boʻlib, ular islomiy xattotlik yozuvlari bilan bezatilgan va Allohning 99 ismi yozilgan. Masjidda ochiq betondan foydalanish brutalizmga xos tarzda amalga oshirilgan.

Loyiha dastlab 1996-yilda musulmon jamiyati ijaraga olingan joyni almashtirish uchun uchta qoʻshni mulkni sotib olgan vaqtida boshlangan. Loyihani tasdiqlash jami 17 yil davom etgan; jarayon mahalliy hokimiyat vakillarining eʼtirozi tufayli sezilarli darajada kechiktirilgan. Binoning qurilishi suv sathining topilishi, Centerbury kengashining eʼtirozlari davom etishi va binoni bezash uchun rejalashtirilgan xattotlar uchun viza olish qiyinligi sababli kechiktirilgan.

Bino 2018-yilda Ser Jon Sulman medalini olgan.

Yana qarang

Yangi Janubiy Uelsdagi masjidlar roʻyxati Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:2018-yilda qurilgan masjidlar Turkum:Sidneydagi masjidlar