György OrthV ispanoyazichnix istochnikax ego nazivayut Xorxe Ort Virt () (1901-yil 30-aprel, Budapesht — 1962-yil 11-yanvar,Portu), asl ismi György Faludi — vengriyalik futbolchi va murabbiy. Orth toʻqqizta mamlakatda ishlagan. Uchta terma jamoaga, shu jumladan, birinchi jahon chempionatida Chili terma jamoasiga murabbiylik qilgan. IFFIS tomonidan tuzilgan XX asrning eng yaxshi futbolchilari reytingida vengriyalik futbolchilar orasida 8-oʻrinni egallagan. 1924-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarining futbol musobaqasida ham ishtirok etgan. Faoliyati György Orth faoliyatini Budapeshtdagi yoshlar chempionatida ishtirok etuvchi ILK futbol klubida boshlagan. Baʼzi manbalarda esa faoliyatini oʻzi tugʻilib-oʻsgan joydagi „Vasas“ klubi safida boshlaganligi qayd etilganGyörgy Orth at nela.hu. ILK klubi qisqa vaqt davomida faoliyat yuritgan. Ammo shu vaqt davomida Vengriya terma jamoasi uchun bir qancha futbolchilarni yetkazib bergan.
Erjebetvarosh va Terezvarossh jamoalari tarkibida harakat qilgan. 15 yoshida Orth Vasas klubi safiga oʻtgan. Keyinchalik Orth qisqa muddatli ijara asosida Italiyaga joʻnab ketgan va „Piza“ klubi safiga borib qoʻshilgan. Lekin bir yildan kamroq vaqt oʻtgach, Budapeshtga qaytib kelib, Jimmy Hogan murabbiyligi ostidagi MTK klubi safiga qoʻshilgan. Ayni paytda MTK tarkibida Imre Schlosser, Alfréd Schaffer, József Braun kabi 1910—1920-yillarning „yulduzlari“ harakat qilar edi. Dastlab, Orth himoyaga qoʻyilgan. Himoya chizigʻida Gyula Feldmann va Gyula Mándi bilan birgalikda harakat qilgan. 1919—1920-yilgi mavsumda Schaffer klubni tark etgach, Orth hujumga oʻtkazilgan. Shu mavsumda 28 ta gol bilan toʻpurar boʻlgan. Orthh MTK safida 8 marta Vengriya chempioni boʻlgan va bir marta mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan.
Yutuqlari
Vengriya chempioni: 1918, 1919, 1920, 1921, 1922, 1923, 1924 va 1925-yillarda Vengriya kubogi sohibi: 1923-yil Vengriya chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1920-yil (28 gol), 1921-yil (21 gol), 1922-yil (26 gol)
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Vengriyalik erkak futbolchilar