Ayaz Niyozi oʻgʻli Mütəllibov (12-may 1938-yil, Boku — 27-mart 2022-yil, Boku) — ozarbayjonlik siyosatchi, Ozarbayjon Respublikasining 1-prezidenti (1990—1992-yillarda) Ozarbayjon Kommunistik partiyasining birinchi kotibi (1990—1991-yillarda).

Tarjimai holi Ayaz Niyozi oʻgʻli Mütəllibov 1938-yil 12-mayda Boku shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Ayaz asli Şamaxining Saritorpagʻ mahallasidan. 1962-yilda Ozarbayjon neft va kimyo institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Ayaz Mütəllibov mehnat faoliyatini 1958-yilda Ozarbayjon Gidrotexnika va melioratsiya ilmiy-tekshirish instituti idorasida katta texnik-konstruktor lavozimidan boshlagan. 1959—1974-yillarda Boku maishiy elektrotexnika zavodida ishlagan. Bu yerda montaj sexi ustasi, muhandis, texnik nazorat boʻlimi boshligʻi, bosh konstruktor, bosh muhandis hamda zavod direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1974—1977-yillarda „Bakelektromeishetmash“ ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori boʻlib ishlagan.

Ayaz Mütəllibov 2022-yil 27-mart kuni 83 yoshida vafot etgan. Sobiq prezidentning jasadi Birinchi Faxriy xiyoboniga dafn qilindi.

Siyosiy faoliyati Ayaz Mütəllibov 1963-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻlgan. 1977-yilda Boku shahar Narimanov tuman partiya qoʻmitasining ikkinchi kotibi, 1979-yilda respublika mahalliy sanoat vaziri etib saylangan. 1982-yil oktyabrda Ozarbayjon SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari — Davlat plan qoʻmitasi raisi, 1985-yildan esa Ozarbayjon SSR Oliy Soveti raisining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ayaz Mütəllibov 1981—1986-yillarda Ozarbayjon Kompartiyasi Taftish komissiyasi aʼzosi, 1986-yildan Markaziy Qo‘mita aʼzosi boʻlgan. 1989-yil yanvar oyidan Ozarbayjon SSR Vazirlar Kengashining raisi, 1990-yil yanvarda Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi, keyinroq, 1990-yil 18-may sanasida Ozarbayjon SSR Oliy Soveti Mütəllibovni Ozarbayjon SSRning birinchi Prezidenti etib saylagan.

1990-yil iyulidan 1991-yil avgustigacha Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi, Ukraina Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi boʻlgan. Ayaz Mütəllibov 1991-yil avgustida Moskvada, SSSR prezidenti Mixail Gorbachyovga qarshi qoʻzgʻolonni qoʻllab-quvvatlagan sanoqli respublika rahbarlaridan biri boʻlgan, biroq 2016-yilda bergan intervyusida Mütəllibov buni rad etib, davlat toʻntarishini qoʻllab-quvvatlamasligini taʼkidlagan.

1991-yil sentyabrida Sovet Ittifoqi parchalanib, Ozarbayjon mustaqillikka erishgan bir paytda Ayaz Mütəllibov Ozarbayjon Kommunistik partiyasini tarqatib yuborganKompartiya Azerbaydjana obʼyavila o samorospuske va raqobatsiz oʻtgan saylovda oʻzini Ozarbayjon Prezidenti deb eʼlon qilgan. Prezident boʻlganiga qaramay, muxolifatdagi AKP harakatining bosimi natijasida Ayaz Mütəllibov Oliy Kengash tarkibini tark etgan. Uning oʻrnida Milliy Majlis tashkil etilgan va 50 oʻrinning yarmi muxolifatchilarga berilgan.

1992-yil 25-fevraldan 26-fevralga oʻtar kechasi Xoʻjaylidagi armanlar rus armiyasi yordamida dahshatli qirgʻin uyishtirishgan, bu qirgʻin xoʻjayli genotsidi nomini olgan. Ushbu fojiadan soʻng Milliy Majlisda xalq qoʻllab-quvvatlagan, oʻsha paytdagi muxolifatchilar navbatdan tashqari sessiya chaqirishga muvaffaq boʻldi va Ayaz Mütəllibovni oʻz lavozimidan ketishga majbur qilishgan va natijada 1992-yil 6-mart sanasida isteʼfoga chiqgan. thumb|220px| Ozarbayjon Respublikasining 4-prezidenti Ilhom Aliyev va 1-Prezidenti Ayaz Mütəllibov Xodjali genotsidi qurbonlarini xotirlash marshida. Oʻsha yilning may oyida sodir boʻlgan fojia sabablarini oʻrgangan komissiya, Ayaz Mütəllibovning aybini tasdiqlovchi faktlarni topa olmagani uchun Oliy Kengash oʻz qarorini bekor qilib, 14-may kuni uni oʻz lavozimiga qaytargan. Shunga qaramay, „Xalq fronti“ning bosimi ostida Ayaz Mütəllibov yana isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi hujjatga imzo chekishga majbur boʻlgan va mamlakatni tark etgan. Shundan beri, Ayaz Mütəllibov 1992-yildan 2012-yilgacha Moskvada yashagan. Ozarbayjonda 2003-yilgi prezidentlik saylovlarida prezidentlikka oʻz nomzodini ilgari surgan, biroq MSK buni tasdiqlamagan. U 2012-yilda Ozarbayjonga qaytib kelgan.

Ayaz Mütəllibov 1999—2003-yillarda „Fuqarolar ittifoqi“ partiyasi raisi, 2003-yil 27-avgustdan Ozarbayjon sotsial-demokratik partiyasi hamraisi boʻlgan. 2012-yil 30-iyun kuni Bokuda boʻlib oʻtgan partiya qurultoyiga tabrik maktubi yoʻllagan Ayaz Mütəllibov partiya hamraisi lavozimidan va siyosatdan ketishini eʼlon qilgan edi.

Ozarbayjonning sobiq prezidentiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Bosh prokuratura Ayaz Mütəllibovni Vazirlar Kengashi raisi va raislik davrida ham, isteʼfoga chiqqanidan keyin ham bir qancha ogʻir jinoyatlar sodir etganlikda ayblagan.

Yana qarang Xodjali genotsidi

Manbalar

Havolalar Ayaz Mutallibovning tarjimai holi

Turkum:Ozarbayjon siyosatchilari Turkum:Ozarbayjon Prezidentlari Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:27-martda vafot etganlar Turkum:Bokuda tugʻilganlar Turkum:1938-yilda tugʻilganlar Turkum:12-mayda tugʻilganlar Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Ozarbayjon Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotiblari Turkum:Ozarbayjon kommunistlari Turkum:Ozarbayjon sotsial-demokratlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar