Traitor – amerikalik qoʻshiqchi Olivia Rodrigo tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Qoʻshiq 2021-yil 10-avgustda Geffen Records orqali AQShning asosiy radiosida namoysih etilgan. U Rodrigo va Dan Nigro tomonidan yozilgan va birgalikda ishlab chiqilgan.

Singl sifatida namoyish etilishidan oldin, „Traitor“ muxlislarning sevimli musiqasiga aylandi va tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Musiqa tanqidchilari qoʻshiqni vokali va soʻzlari uchun maqtashgan va uni albomning diqqatga sazovor qismi sifatida tanlagan. „Traitor“ reytinglarda AQShda toʻqqizinchi, Buyuk Britaniyada beshinchi oʻrinni egallagan va Avstraliya, Kanada, Irlandiya, Yangi Zelandiya va Portugaliyada kuchli oʻntalikka kirgan. Qoʻshiq shuningdek, Meksikada olmos va Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlarda platina sertifikatiga ega boʻlgan.

Sahna orti jarayonlari va namoyish „Traitor“ 2021-yil 10-avgustda AQShning zamonaviy xit radiosiga Sour albomidagi toʻrtinchi qoʻshiq sifatida yuborilgan.

Tarkibi "Traitor" – indie pop va gitara-rok balladasi. Qoʻshiq amerikalik aktyor va qoʻshiqchi Joshua Bassett haqida boʻlib, u Rodrigo bilan birga High School Musical: The Musical: The Series filmida rol ijro etgan.

Tanqidiy qabul Qoʻshiq musiqa tanqidchilarining olqishiga sazovor boʻlgan. The AV Club vakili Tatiana Tenreyro qoʻshiqni „Rodrigoning hozirgacha kuylagan eng zaif qoʻshigʻi“ deb atagan. NME ' Rhian Daly qoʻshiqni „ajoyib“ deb taʼriflagan. Billboard’dan Larisha Paul qoʻshiqni maqtab, uni Sourdagi „eng yaxshi vokal ijrosi“ deb taʼrif bergan. Rolling Stone guruhidan Angie Martoccio, shuningdek, qoʻshiqni Taylor Swiftning 2020-yilgi My Tears Ricochet qoʻshigʻining „yoʻqolgan qarindoshi“ deb atagan.

Tijorat koʻrsatkichlari Qoʻshiq Buyuk Britaniya Singles Chartda yettinchi oʻrinni egallagan, keyingi haftada beshinchi oʻringa chiqqan. Billboard ' Global 200 chartida qoʻshiq yettinchi oʻrinni egallagan. „Traitor“ shuningdek, Avstraliya, Kanada, Irlandiya, Yangi Zelandiyada va Norvegiyada eng yaxshi 20 talikka kirgan. Bundan tashqari, qoʻshiq Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiyada platina, Avstraliya, Kanada va Qoʻshma Shtatlarda toʻrtta platina sertifikatiga ega boʻlgan.

Musiqa videosi 2021-yil 21-oktyabrda rejissyor Olivia Bee tomonidan suratga olingan „Traitor“ uchun musiqiy video namoyish etilgan. U Instagramda videoni „syurpriz! traitor mv namoyish etadi!“ degan yozuv bilan targʻib qilgan.

Grafikalar

Haftalik grafiklar + „Traitor“ uchun diagramma koʻrsatkichi Grafik (2021-2022) Eng yuqori nuqta Greece (IFPI) 27 Iceland (Plötutíðindi) 27 Indonesia (Billboard) 24 Lithuania (AGATA) 68 Malaysia (RIM) 13 Norway (VG-lista) 16 Singapore (RIAS) 11 South Africa (RISA) 24

Yil soʻngi grafiklari + „Traitor“ uchun 2021-yil yakuniy jadvalidagi koʻrsatkichGrafik(2021)Holat Australia (ARIA) 42 Canada (Canadian Hot 100) 40 Global 200 (Billboard) 59 Iceland (Plötutíðindi) 65 Ireland (IRMA) 30 New Zealand (Recorded Music NZ) 49 Portugal (AFP) 57 UK Singles (OCC) 42 US Billboard Hot 100 38 US Mainstream Top 40 (Billboard) 42 + „Traitor“ uchun 2022-yil yakuniy grafigiGrafik(2022)Holat Global 200 (Billboard) 58

Manbalar

Havolalar

Turkum:2021-yil qoʻshiqlari Turkum:Pop janridagi qo'shiqlar Turkum:Rok-musiqa