<div class="fn">Asmo binti Umays ()Tugʻilgan yilitaxminan 597-600Makka, Hijoz, Arabiston (hozirgi Saudiya Arabistoni)Vafot etgan yilitaxminan 658-661Damashq, ash-Shom (hozirgi Suriya)Dafn qilingan joyiBab al-Sagʻir qabristoni, Damashq, SuriyaTanilgan sohasisahobaTurmush oʻrtogʻi Rabia ibn Riyob al-Hiloliy (beva qolgan; ajrashgan) Jaʼfar ibn Abu Tolib (beva qolgan) Abu Bakr (beva qolgan) Ali (beva qolgan)Farzandlari Abdulloh ibn Jaʼfar Avn ibn Jaʼfar Muhammad ibn Jaʼfar Muhammad ibn Abu Bakr Yahyo ibn Ali Avn ibn AliOta-onasi Umays ibn Maʼd (otasi) Hind binti Avf (onasi)Qarindoshlari Salma binti Umays (opasi) Avn ibn Umays (akasi) Mahmiya ibn al-Jazʼiy al-Zubaydiy (ona bir akasi) Al-Soyib ibn al-Horis (ona bir akasi) Qatn ibn al-Horis (ona bir akasi) Luboba bint al-Horis (ona bir akasi) Maymuna binti al-Horis (ona bir opasi) Zaynab binti Xuzayma (ona bir opasi) Muhammad () Hamza ibn Abdulmuttolib (opasining turmush oʻrtogʻi) Abbos ibn Abdulmuttolib (opasining turmush oʻrtogʻi) Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr (nabirasi)OilasiBanu Xatam (tugʻilgan)Quraysh (nikoh orqali) Asmo binti Umays () ayol sahobalardan biri boʻlib, uchta mashhur sahobalar Ja'far ibn Abu Tolib, Abu Bakr Siddiq va Aliga turmushga chiqqanAli ibn al-Athir. Usd al-Ghābah fi Maʿrifat al-Ṣaḥābah, pp. 262-271..
Yoshlik yillari va oilasi Asmo binti Umaysning qachon tugʻilgani nomaʼlum, u onasining uchinchi nikohidan tugʻilgan birinchi farzand boʻlib, tavallud topgan yili taxminan 597–600-yillarga toʻgʻri keladi. Asmo Makkada muhojirlar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Xatam qabilasidan Umays ibn Maʼd, onasi esa Him’yar qabilasidan Hind binti Avf boʻlganMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Tasseron-Landau, E. (1998). Vol. 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, pp. 201, 202. Albany: State University of New York Press.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers..
Asmo binti Umaysning Salma binti Umays ismli tugʻishgan singlisi Hamza ibn Abdulmuttalibga turmushga chiqqan, undan tashqari yana ikki Salma binti Umays va Avn ibn Umays ismli singillari boʻlgan. Shuningdek, Zaynab binti Xuzayma, Maymuna binti al-Horis, Abbos ibn Abdulmuttalibga turmushga chiqqan Ummu Fadl, al-Soib ibn al-Horis, Qatn ibn al-Horis hamda Mahmiya ibn al-Jaz’iy ismli opa-singillari ham boʻlganMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Tasseron-Landau, E. (1998). Vol. 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, pp. 201, 202. Albany: State University of New York Press..
Asmo va uning singlisi Salma paygʻambar Muhammad al-Arqam uyiga kirganidan keyin yaʼni 614-yilning oxiri — 616-yil boshlarida Islomni qabul qilganlarMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.. Asmo binti Umays Muhammadning uchta yaqin kishilari, sahobalar Jaʼfar ibn Abu Tolib, xalifalar Abu Bakr Siddiq va Aliga turmushga chiqqan.
Oilaviy hayoti
Jaʼfar ibn Abu Tolib bilan turmushi Bir qancha maʼlumotlarga koʻra Asmo binti Umays birinchi marotaba Hijozning Banu Hilol qabilasidan boʻlgan Rabia ibn Riyob al-Hiloliyga turmushga chiqqan boʻlishi mumkin. Birinchi eri Islom dini paydo boʻlishidan oldin vafot etgan.
Oradan koʻp oʻtmay Quraysh qabilasining Banu Hoshim urugʻidan boʻlgan Jaʼfar ibn Abu Tolibga turmushga chiqqan. 616-yilda Asmo binti Umays eri bilan birga Habashistonga hijrat qilgan va u yerda Abdulloh ibn Jaʼfar, Muhammad ibn Jaʼfar va Avn ibn Jaʼfar ismli uch nafar oʻgʻillarini dunyoga keltirganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.. U Habashistonda yashashni yoqtirmaganBukhari 5:59:539..
Asmo binti Umays va eri Jaʼfar ibn Abu Tolib 628-yilda Madinaga musulmonlar Haybarni fath qilgan paytda qaytib kelishganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.Muhammad ibn Umar al-Waqidi. Kitab al-Maghazi. Translated by Faizer, R., Ismail, A., & Tayob, A. (2011). The Life of Muhammad. Oxford: Routledge..
629-yilning sentyabr oyida Gʻassoniylarga qarshi kechgan Mu’ta jangida Jaʼfar ham ishtirok etgan va Zayd ibn Horisa va Abdulloh ibn Ravoha bilan birga shu jangda halok boʻlganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.Muhammad ibn Umar al-Waqidi. Kitab al-Maghazi. Translated by Faizer, R., Ismail, A., & Tayob, A. (2011). The Life of Muhammad. Oxford: Routledge..
Abu Bakr Siddiq bilan turmushi Jaʼfar ibn Abu Tolibning vafotidan keyin Asmo binti Umays Abu Bakr Siddiqqa turmushga chiqqan. 632-yilda al-Baydada Vidolashuv Hajiga ketayotib, oʻgʻli Muhammadni dunyoga keltirganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers..
Abu Bakr vafot etishidan oldin Asmo binti Umaysga uning jasadini yuvishini va oʻsha kuni roʻza tutmasligini vasiyat qilganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers..
Ali bilan turmushi Abu Bakr vafot etgach, yangi tayinlangan xalifa Umar Asmo binti Umaysga 1000 dirham nafaqa ajratganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.. Oradan koʻp oʻtmay, Jaʼfarning ukasi Ali ibn Abu Tolib Asmoga uylangan va Muhammad ibn Abu Bakrni oʻz oʻgʻlidek tarbiya qilgan. Ularning Yahyo va Avn ismli yana ikki nafar oʻgʻillari boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..
Oʻlimi va dafn qilinishi thumb| Chapdan oʻngga qarab bular qubur deb hisoblanadi () Maymuna (Ummu al-Hasan), Asmo binti Umays va Hamida binti Muslim ibn Aqilning qabrlari, Damashq, Shom, Bob as-Sagʻir qabristonida. Asmoning qabri () Maqbarah al-Bāb as-Saghirda () dafn etilgan deb ishoniladi. Ushbu qabriston Suriyaning Damashq shahrida joylashgan.
Merosi Asmo binti Umays paygʻambar Muhammaddan hadis rivoyat qilganMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Tasseron-Landau, E. (1998). Vol. 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, pp. 201, 202. Albany: State University of New York Press.. Sahih deb topilgan bir qancha maʼlumotlarga koʻra u jannatiy ayollaridan hisoblanadiShaykh Al-Sadooq. Al-Khisaal, vol. 2 p. 363..
Yana qarang
Arablar Oʻrta Sharq Sahobalar
Manbalar
Turkum:Abu Bakrning oilasi Turkum:Ali Turkum:Ayol sahobalar