Karniolan asalarisi (Apis mellifera carnica, Pollmann) - gʻarbiy asalarilarning kenja turi. Karniola asalarisining vatani Sloveniya, Avstriyaning janubiy qismi va Albaniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Serbiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya hamda Shimoliy-Sharqiy Italiya.
Kelib chiqishi Karniola asalarisi Gʻarbiy asalarilarning kichik turi boʻlib, Karniola (Sloveniya)ning Kochevye (Gottschee) kichik mintaqasi, Avstriya Alp togʻlarining janubiy qismi, Dinarides mintaqasi, janubiy Pannoniya tekisligi va shimoliy hududlarga moslashgan. Bu asalarilar ingliz tilida Carniolans yoki qisqacha „Carnies“ deb nomlanadi. Hozirgi vaqtda bu kenja tur asalarichilar orasida mashhurligi boʻyicha italiya asalarilaridan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.
Sifatlari U hasharotlar, zararkunandalarga qarshi kurasha olishi va ayni paytda asalarichilarga nisbatan juda yumshoq munosabatda boʻlishi sababli mashhur. Bu asalarilar nektar mavjudligiga qarab tez koʻpayish yoki kamayish xususiyatga ega. Nektar miqdori koʻp boʻlgan davrlarda ishchi asalarilar soni ortadi va koʻp miqdorda asal va gulchanglarni yigʻiladi. Ular baʼzi kasalliklar va parazitlarga chidamli.
Anatomiyasi va tashqi koʻrinishi Karniola asalarilar italyan asalarilari bilan bir xil oʻlchamda, ammo ular oʻzlarining quyuq jigarrang-kulrang tuslari va och jigarrang tusdagi chiziqlari bilan ajralib turadi. Ularning poʻstloqlari qoramtir, lekin tanalarida ochroq yoki jigarrang rangli halqa va nuqtalarni topish mumkin. Karniola arilarini „kulrang ari“ deb ham atashadi. thumb| Hylotelephium 'Herbstfreudeʼda gulchang savati bilan karnika arisi thumb| Hylotelephium 'Herbstfreudeʼda karnika arisi Karniola asalarilar Gʻarbiy Yevropa qora asalarilari kabi katta va uzun, ammo ularning qorinlari ancha nozikroq. Bundan tashqari, karniola arisi juda uzun tilga ega (6,5 dan 6,7 mm gacha).
Xarakteri va xulq-atvori Yumshoq va tajovuzkor emas Aholi punktlarida saqlash mumkin Italiya asalarilariga nisbatan yoʻnalishni yaxshi aniqlaydi Italiya asal arilariga nisbatan boshqa uyalardan oʻgʻirlashga moyil emas Qishda ishchi asalari soni keskin kamayadi Qishda tejamkorlik, asal zaxiralarini tejash Atrof-muhitdagi oʻzgarishlarga tezda moslasha oladi Qishi uzoqroq boʻlgan hududlar uchun mos Asalari yelimidan kam foydalanish Choʻl kasalliklariga immunitet Ishchi asalari boshqa kichik turlarga qaraganda 12% koʻproq yashaydi
thumb| Karniola asalarilari
Manbalar