Pew Research Center tomonidan 2010-yilda oʻtkazilgan soʻrov shuni koʻrsatdiki, Lotin amerikasi musulmonlari Lotin Amerikasi aholisining 0,1 foizini tashkil qiladi.
Tarixi Baʼzilarning fikricha, Lotin amerikasiga kelgan birinchi musulmonlar Portugaliya va Ispaniya qoʻshinlari ostida boʻlgan.
Statistika thumb| Bogotadagi Abu Bakr Siddiq masjidi Muhammad Yusuf Hallarning „Lotin amerikasida musulmonlar“ asaridan iqtibos keltirgan holda — "Statistik maʼlumotlarga koʻra, Lotin amerikasidagi musulmonlar soni toʻrt milliondan ortiq, Argentinada 700 000 va Braziliyada 1 500 000 dan ortiq kishi"Muslims in Latin America by Muhammad Yusuf Hallar.
2010-yilda Pew tadqiqot markazi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov Lotin Amerikasi va Karibdagi musulmonlar soni 840 ming atrofida ekanligini aniqladi. 2015-yildagi Xalqaro diniy erkinlik hisobotiga koʻra, Argentina musulmon jamoasining haqiqiy soni umumiy aholining taxminan 1% ni tashkil qiladi (400 000 — 500 000 atrofi). Va 2010-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Braziliyadagi musulmonlar soni taxminan 191 million aholidan 35 207 kishini tashkil qilganIBGE — Instituto Brasileiro de Geografia e Estatística (Brazilian Institute for Geography and Statistics). 2010 Census. Retrieved 7 August 2012..
2012-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Surinam mintaqadagi musulmonlarning eng yuqori foiziga ega: 13,9% yoki 75,053 kishi. Islom Surinamga Indoneziya (Java) va Janubiy Osiyodan (hozirgi Hindiston, Pokiston va Bangladesh) kelgan.
Tashkilotlar Lotin Amerikasiva Karib Islom tashkiloti (OIPALC) kabi koʻplab musulmon tashkilotlari Lotin amerikasida mavjud. OIPALC Lotin Amerikasidagi islom bilan bogʻliq saʼy-harakatlarni ilgari surish boʻyicha eng faol tashkilot hisoblanadi.
Yana qarang
Argentinada Islom Boliviyada islom Braziliyada Islom Chilida Islom Kolumbiyada Islom Ekvadorda Islom Gaitidagi Islom Panamada Islom Paragvayda Islom Peruda Islom Urugvayda islom Venesuelada Islom Belizda Islom Kosta-Rikada Islom Kubada Islom Gvatemalada Islom Dominikan Respublikasida Islom Salvadorda Islom Gondurasda Islom Meksikada Islom Nikaraguada Islom Puerto-Rikoda Islom Surinamda Islom Gayanada Islom Latin musulmonlari Lotin Amerikasi va Karib Islom tashkiloti
Manbalar
Turkum:Markaziy Amerikada Islom Turkum:Lotin amerikasi tadqiqotlari Turkum:Janubiy Amerikada Islom